date
views 155

Abduqodir Husanov Angliya kubogi finalida “Uembli”da qatnashishi mumkin

Abduqodir Husanov Angliya kubogi finalida “Uembli”da qatnashishi mumkin
Angliya futbolidagi eng muhim to‘qnashuvlardan biri — Angliya kubogi finaliga sanoqli soatlar qolmoqda. 17 may kuni “Manchester Siti” va “Kristal Pelas” jamoalari Londondagi tarixiy “Uembli” stadionida yuzma-yuz keladi.

Bu bahs o‘zbekistonlik futbol ishqibozlari uchun ham o‘ziga xos ahamiyatga ega. Sababi — so‘nggi oylarda Xosep Gvardiola shogirdlariga aylangan hamyurtimiz Abduqodir Husanov jamoa bilan Londonga bordi va final qaydnomasi uchun nomzodlar ro‘yxatida.

Husanovning “Siti”dagi debyuti va ko‘tarilish yo‘li

2024 yil 20 yanvar kuni “Manchester Siti”ga qo‘shilgan 21 yoshli himoyachi hozirgacha jamoa tarkibida APL, Angliya kubogi va Chempionlar ligasida 9 o‘yinda qatnashib, fevral oyida klubning oy futbolchisi sifatida e’tirof etilgandi.

Biroq keyingi bir yarim oy ichida u maydonga tushirilmagani, ayniqsa Premer-liga uchrashuvlarida qaydnomaga ham kiritilmayotgani muxlislar orasida turli taxminlarga sabab bo‘ldi.

“CityXtra” ma’lumoti — o‘ziga xos umid

Angliyaning mashhur cityxtra.co.uk nashri Husanovning Angliya kubogi finali uchun 28 kishilik tarkibda Londonga borganini tasdiqladi. Ushbu portal, o‘zbek ishqibozlari uchun xushxabar sifatida Husanov mashg‘ulotlarda faol ishtirok etayotgani va o‘yinga tayyor ekanini yozdi.

“Siti”da Angliya kubogiga jiddiy yondashuv

Manchester klubi uch yil ichida ikkinchi marta Angliya kubogini qo‘lga kiritishga intilmoqda. Oxirgi bor bu muvaffaqiyat 2023 yilda qayd etilgan, o‘shanda Ilkay Gyundog‘an “Yunayted”ga qarshi finalda dubl qayd etib, “Siti” tarixiy treblga erishgandi.

Joriy mavsumda esa jamoa jarohatlar va tushkunlik bilan kurashdi, lekin mavsum yakunlarida yanada sobitqadam bo‘lib, finalga yo‘l oldi. Hozirda Rodri, Oskar Bobb va Natan Ake kabi o‘yinchilar safga qaytgani — klub uchun katta yutuq.

Qaydnoma uchun 20 futbolchi tanlanadi

Londonga borayotgan 28 nafar futbolchidan faqat 20 nafari final qaydnomasiga kiritiladi. Ularda Husanov ham bor. Bu — u uchun nafaqat shaxsiy, balki mamlakatimiz sharafini xalqaro maydonda himoya qilish uchun ulkan imkoniyat.

Futbolchida jismoniy va ruhiy tayyorgarlik bor, endi qaror Xosep Gvardiola qo‘lida. U Husanovga ishonib, kubok finalida maydonga tushirishga qaror qilsa, bu o‘zbekistonlik futbol uchun yangi tarixiy paragraf bo‘ladi.

Zamin.uz tahririyati finalda “Siti”ga omad, Abduqodirga esa ishonch va imkoniyat tilaydi. Sizchi, Husanov ushbu o‘yinda ishtirok etishi kerak deb o‘ylaysizmi?
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Abduqodir Husanov Angliya kubogi finalida “Uembli”da qatnashishi mumkin