
Superliganing 10-turida Termizda o‘tgan “Surxon” – “So‘g‘diyona” bahsi muxlislar kutganidek qaynoq va dramatik voqealarga boy bo‘ldi. Uchinchi pog‘onaning tagidagi jamoalar o‘rtasidagi to‘qnashuv 2:1 hisobida termizliklar foydasiga yakunlandi.
Jizzaxliklar o‘yinni faolroq boshlashdi va birinchi bo‘limda ustunlikni qo‘lga kiritishdi. Biroq ikkinchi bo‘limda “Surxon” hisobni ochganidan so‘ng, “So‘g‘diyona” ham tezda javob golini urib, o‘yinga intrigani qayta kiritdi. Ayni paytda “So‘g‘diyona”ning o‘yini “ochilib”, “Surxon”ning o‘yini esa “sochilib” ketgandek tuyuldi. Ammo yakunda g‘alaba goli termizliklar tomonidan urilib, muxlislarni shod etdi.
Taktik jihatdan muammolar, ammo xarakter ish berdi
Har ikki jamoa ham o‘yin tomonlama unchalik ishonchli ko‘rinishga ega emasdi. Har ikkalasida ham taktik noto‘g‘riliklar, pozitsiyaviy xatolar va markazdagi bo‘shliqlar sezilib turdi. Ammo “Surxon”da omad, xarakter va jamoaviy birlik bu safar o‘z so‘zini aytdi.
Boshkovich taqdiri — muammoli murabbiylik kun tartibida
Bahsdan oldin “So‘g‘diyona” ustozi Ivan Boshkovich uchun bu hal qiluvchi uchrashuv ekani haqidagi gaplar aylanib yurgandi. Endilikda bu ehtimol yanada kuchaydi. Jamoa ketma-ket ochko yo‘qotmoqda, tarkib yaxshi tuzilgan bo‘lsa-da, natija kelmayapti.
Boshkovich 2023 yildan beri klubda ishlayapti va avval yaxshi natijalar qayd etgan. Ammo bu mavsum uning rejalari amalga oshmayapti. “Sho‘rtan”ga qarshi bahsda ham klub muvaffaqiyatsiz harakat qilgan edi. Tabiiyki, Termizdagi mag‘lubiyat ham klub rahbariyati va ishqibozlarning sabrini sinayotgan bo‘lishi aniq.
Xomyakov variant sifatida ko‘rilmoqda
Mahalliy manbalarga ko‘ra, klub Boshkovichning o‘rniga bir nechta nomzodni ko‘rib chiqmoqda. Ular orasida yaqinda “Andijon”ni tark etgan Aleksandr Xomyakov nomzodi ham bor.
“So‘g‘diyona” 10 turdan so‘ng faqatgina 2 ta g‘alaba qayd etib, 8 ochko bilan 13-o‘rinda joylashgan. Bu ko‘rsatkich murabbiy almashish qarorini tezlashtirishi mumkin.
Zamin.uz tahririyati jizzaxliklar jamoasi atrofidagi barcha rivojlarni diqqat bilan kuzatishda davom etadi. Boshkovich ishonchni oqlaydimi yoki “So‘g‘diyona” yangi murabbiy yo‘lini tanlaydimi? Buni yaqin kunlarda bilib olamiz.
Sizchi, Ivan Boshkovichga yana bir imkoniyat berilishi kerakmi? “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar