
2024/2025 yilgi mavsum yakunlari bo‘yicha dunyoning eng yaxshi futbolchisiga “Oltin to‘p” berish marosimi 2025 yil 22 sentyabr kuni bo‘lib o‘tadi.Tadbir tashkilotchilari X ijtimoiy tarmog‘idagi o‘z sahifalarida shu sanani e’lon qilishdi.
Mazkur marosim Parijdagi Chatelet teatrida bo‘lib o‘tadi. Qayd etilishicha, sovringa asosiy da’vogarlar “Barselona”dan Rafinya, Lamin Yamal va Pedri, shuningdek, “PSJ”dan Usmon Dembele va “Liverpul”dan Muhammad Salohdir.
O‘tgan mavsumda "Manchester Siti" va Ispaniya terma jamoasi yarim himoyachisi Rodri yilning eng yaxshi futbolchisi deb topilgandi.
"Aston Villa" va Argentina terma jamoasi darvozaboni Emiliano Martines esa Lev Yashin mukofotini qo‘lga kiritdi.
Rodri 2023/2024 yilgi mavsumda “Manchester Siti” bilan Angliya Premer-ligasi va UYEFA Superkubogida g‘olib chiqdi, Ispaniya terma jamoasi bilan esa Yevropa chempioni bo‘lgan edi.
Oltin To'pFutbolchi MarosimiBarselona FutbolPSJ FutbolLiverpool FutbolManchester SitiYevropa ChempioniRodri FutbolchiEmiliano Martines O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar