date
views 32

Mirjalol Qosimov: "U zaxirada uyqusirab o‘tirgan edi. Biz birinchi o‘ringa chiqib oldik"

Mirjalol Qosimov: "U zaxirada uyqusirab o‘tirgan edi. Biz birinchi o‘ringa chiqib oldik"
Superliga 10-turidan o‘rin olgan OKMK - "Neftchi" (2:2) bahsidan so‘ng olmaliqliklar bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

"Qiziqarli o‘yin guvohi bo‘ldik. Ikki jamoa uchun ham muhim o‘yin edi. "Neftchi"ning salohiyatidan xabardor edik. Murosasiz kechgan bahsda durang qayd etildi. G‘alaba qozonishimiz va mag‘lub bo‘lishimiz ham mumkin edi. Futbol shunisi bilan qiziq. Darvozabon qutqarmasa qiyin. Birinchi golda Aziz maydon markazida to‘pni yo‘qotdi. "Neftchi" ikkinchi raqam bo‘lib harakatlanishini bilardik. Endi keyingi o‘yinlarga tayyorgarlik ko‘rishimiz kerak" - dedi Mirjalol Qosimov bugungi bahs haqida.

- Darvozabon bugun xatoga yo‘l qo‘ydi. Chempionlik uchun kurashayotgan jamoada darvozabonlar ketma-ket xatolarga yo‘l qo‘ymoqda. Ikkinchi davradan avval yangi darvozabon izlaysizlarmi?
- Men o‘ynagan davrlarda ikkinchi darvozabon 30 yosh bo‘lar edi va asosiy tarkibdan joy ololmasdi. Hozir esa barcha talab qilayotganidek yoshlarga imkoniyat beryapmiz. Yoshlarga esa barqarorlik yetishmaydi. Men o‘ynagan vaqtlarda zaxiradagi darvozabonlarning yoshi katta bo‘lar edi. Siz aytishingiz mumkin, siz o‘ynagan davr boshqa edi deb, ammo futbol o‘zgarmagan-ku. Nima ham derdim. Aybsiz insonning o‘zi yo‘q. Darvozabonni ayblab qo‘yish noto‘g‘ri. Sababi hujum boshida to‘pni yo‘qotdik va xatoga yo‘l qo‘ydik.

- Baribir darvozabon ham xatoga yo‘l qo‘ydi, menimcha...
- Bu sizning fikringiz. Vaziyatni to‘liq baholasak, hujum startida Aziz to‘pni yo‘qotgan edi. O‘zi jamoada barcha mas’uliyatli bo‘lish kerak. Yosh futbolchilar ko‘p xato qilishadi. Tajriba orttirish uchun esa yillar kerak. Misol uchun, Igor Akinfeyev kabi "vunderkind"lar juda kam.

- Maydonga tushgan darvozabonning o‘yini sizda qanday taassurot qoldirdi?
- U hali juda yosh. Shunday o‘yinlar orqali toblanadi. Uning o‘yini haqida hech nima demayman. Himoyachilar ko‘p vaziyatlarni bartaraf etishdi. U ishlashda davom etishi kerak. Unga juda katta motivatsiya berildi. Zaxira o‘rindig‘ida uyqusirab o‘tirgan edi yonimda. Zaxirada qolgan futbolchi ham maydondagilar bilan hamnafas bo‘lishi kerak.

- Jamoangizdagi legioner futbolchilardan ko‘nglingiz to‘lmayaptimi?
- Yo‘q, to‘lmayapti. Hozirgina bir futbolchiga dakki berdim. Zaxira o‘rindig‘ida bemalol o‘tirgani uchun. Futbolchining o‘zida xohish bo‘lishi kerak.

- Oxirgi beshta o‘yindan buyon "Neftchi"ni mag‘lub eta olmayapmiz...
- Bu hayot. Bu sizlar uchun statistika, men uchun esa tajriba.

- Bugun OKMK bir ochko ishladimi yoki ikki ochko yo‘qotdimi?
- Biz birinchi o‘ringa chiqib oldik.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Mirjalol Qosimov: "U zaxirada uyqusirab o‘tirgan edi. Biz birinchi o‘ringa chiqib oldik"