Madridning «Real» klubi o‘z vaqtida Neymarni «Santos» klubidan sotib olishga yaqin bo‘lgan. El Confidencial nashrining DIS kompaniyasidagi manbasiga asoslanib bergan xabariga ko‘ra, madridliklar 2013 yilda bu futbolchini «Barselona»dan tortib olishi mumkin edi.
Futbolchi kataloniyaliklar jamoasiga o‘tguniga qadar uning transfer huquqining 40 foiziga egalik qilgan bu kompaniya vakilining aytishicha, «Real» bu transfer amalga oshishi uchun juda katta mablag‘ sarflashi lozim bo‘lgan.
O‘sha vaqtda «Santos» futbolchi uchun 65 mln evro so‘ragan. Neymar va uning otasi ham o‘z talabini qo‘ygan - ularga mukofot pullari berilishi kerak edi. Natijada, uning transfer narxi 105 mln evroga ko‘tarilgan.
Shu bilan birgalikda, Neymar avvalroq «Barselona» klubiga o‘tishga va’da berib, ular bilan oldindan shaxsiy bitim imzolagan va 10 mln evro bonus olgandi. Agar Neymar bu bitimni buzib, boshqa klubga o‘tmoqchi bo‘lsa, 50 mln evro miqdorida jarima to‘lanishi lozim bo‘lgan.
Bu jarimani «Real» to‘lashga rozi bo‘lsa, Neymar madridliklar uchun 150 mln evroga tushardi. Shundan so‘ng «Qirollik klubi» uni sotib olish niyatidan qaytgan. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
BAAda isroillik ravvin o‘ldirib ketildi
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi
Xitoy Yaponiya va sakkizta davlat fuqarolariga vizasiz rejimni joriy etadi
Rossiya yuzlab yamanliklarni Ukrainaga qarshi urushga yolladi
Namanganda olib qochilgan avtomobil «Qamchiq» dovonida to‘xtatildi
Abdusalom Azizovning DXX raisligidan haydalgani tasdiqlandi
Jamg‘arib boriladigan majburiy pensiya badallarini hisoblashning yangi tartibi tasdiqlandi