date
views 126

Finaldan so‘ng mojaro: Garnacho jamoani tark etadimi?

Finaldan so‘ng mojaro: Garnacho jamoani tark etadimi?
Yevropa ligasi finalidagi mag‘lubiyat “Manchester Yunayted” ixlosmandlari uchun alamli bo‘ldi, ammo voqealar rivoji murabbiy va futbolchi o‘rtasidagi jiddiy qarama-qarshilik bilan yanada keskin tus oldi.

Insayder Devid Ornshteynning ma’lumotlariga ko‘ra, finaldan so‘ng amalga oshgan voqealar klub ichidagi ichki munosabatlarga katta ta’sir ko‘rsatgan. Hozircha klub bosh murabbiyi sifatida faoliyat olib borayotgan Ruben Amorim argentinalik yosh yulduz Alexandro Garnacho bilan jiddiy tortishuvga borgan.

"Faqat 20 daqiqa?" – muxlislarni ham ikkiga bo‘lgan fikrlar

Garnacho finaldan keyingi intervyusida Amorimning qarorlarini tanqid qilgan. Unga ko‘ra, shunday hal qiluvchi bahsda o‘ziga atigi 20 daqiqa berilgani uni ranjitgan va buni ochiqchasiga bayon qilgan. Bu gaplar nafaqat murabbiy, balki klub atrofidagi ko‘plab ekspertlar va muxlislar tomonidan ham turlicha qabul qilindi.

Amorimning javobi qattiq va keskin bo‘ldi

Murabbiy ushbu intervyudan qattiq g‘azablangan va shundan so‘ng Garnachoni jamoaning kelasi mavsumdagi rejalarida ko‘rmasligini ma’lum qilgan. Ornshteynga ko‘ra, Amorim jamoa oldida qolishini bildirgan va Garnachoga yaqin o‘rtalarda yangi klub topishni maslahat bergan.

MYU futbolchini sotishga tayyor, talab katta

Klub rahbariyati ham bu mojarodan keyin futbolchini yozda sotishga qarshi emas. Hozirning o‘zidayoq “Chelsi” va Italiyaning “Napoli” klublari Garnachoga jiddiy qiziqish bildirgan. Manchester tomoni uni 60–70 million yevro atrofida baholamoqda.

O‘z hissasini qo‘shgan edi…

Qizig‘i shundaki, joriy mavsumda Garnacho 58 ta uchrashuvda qatnashib, 11 ta gol va 10 ta golli uzatma bilan jamoaga munosib hissa qo‘shgan. Lekin futbol faqat raqamlardan iborat emas — tartib va intizom ham muvaffaqiyatning asosiy qismidir.

Garnacho – iqtidorli, lekin ba’zida ortiqcha otkrovennost jamoadagi muvozanatni buzishi mumkin. Amorimning qarorlari qattiq bo‘lsa-da, klub uchun qaysi yo‘l to‘g‘ri bo‘lishiga vaqt baho beradi. Muxlislar esa bu qarama-qarshilik qanday tugashini kutmoqda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Finaldan so‘ng mojaro: Garnacho jamoani tark etadimi?