
Qatar poytaxti Doha shahrida 17 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi Jahon chempionati-2025 musobaqasi uchun qur’a tashlash marosimi o‘tkazildi. Unda O‘zbekiston U-17 terma jamoasi o‘z guruhini aniqlab oldi.
Qur’a natijasiga ko‘ra, yurtdoshlarimiz “J” guruhiga tushishdi va bu yerda ularni Paragvay, Panama va Irlandiya kabi jiddiy raqiblar kutmoqda. Musobaqa oldidan O‘zbekiston 2-savatga joylashtirilgandi, bu esa jamoamizning so‘nggi yillardagi yaxshi natijalari bilan bog‘liq.
Musobaqa 2025 yilning 3 noyabridan 27 noyabriga qadar Qatarda bo‘lib o‘tadi. Chempionatda jami 48 jamoa 12 guruhga ajratiladi. Har bir guruhdan 1 va 2-o‘rin egalari, shuningdek, eng yaxshi natija qayd etgan 3ta 3-o‘rin jamoalari 1/16 finalga yo‘l oladi.
JCH–2025: Guruhlar to‘liq tarkibi
A guruhi: Qatar, Italiya, JAR, Boliviya
B guruhi: Yaponiya, Marokash, Yangi Kaledoniya, Portugaliya
C guruhi: Senegal, Xorvatiya, Kosta-Rika, BAA
D guruhi: Argentina, Belgiya, Tunis, Fiji
E guruhi: Angliya, Venesuela, Gaiti, Misr
F guruhi: Meksika, Koreya Respublikasi, Kot-d'Ivuar, Shveysariya
G guruhi: Germaniya, Kolumbiya, KXDR, El-Salvador
H guruhi: Braziliya, Gonduras, Indoneziya, Zambiya
I guruhi: AQSH, Burkina-Faso, Tojikiston, Chexiya
J guruhi: Paragvay, O‘zbekiston, Panama, Irlandiya
K guruhi: Fransiya, Chili, Kanada, Uganda
L guruhi: Mali, Yangi Zelandiya, Avstriya, Saudiya Arabistoni
Qiyin, lekin imkoniyat bor!
“J” guruhi raqiblari — Paragvay, Panama va Irlandiya kabi jamoalar texnika va jismoniy tayyorgarlik borasida ancha tajribali sanalib, O‘zbekiston uchun jiddiy sinovga aylanishi mumkin. Biroq yurtdoshlarimiz so‘nggi U-17 musobaqalarida o‘z salohiyatini ko‘rsatib ulgurgan.
O‘zbekiston yoshlar termasi uchun bu chempionat — katta imkoniyat. Qiyin raqiblar fonida tarkibimizning irodasi va mahorat darajasi sinovdan o‘tadi. Musobaqagacha bir necha oy bor va murabbiylar shtabining to‘g‘ri tayyorgarligi muvaffaqiyat garovi bo‘ladi. Muxlislar esa terma jamoamizning dunyo sahnasidagi navbatdagi harakatlarini sabrsizlik bilan kutmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar