date
views 128

De Bryuyne “Napoli” yoki AQSH? Million dollarlik tanlov qarshisida

De Bryuyne “Napoli” yoki AQSH? Million dollarlik tanlov qarshisida
“Manchester Siti” safida 10 yillik muvaffaqiyatli faoliyati bilan jamoa tarixi va Premer-liga yulduzlaridan biriga aylangan Kevin De Bryuyne oldida muhim qaror turibdi. 33 yoshga kirgan belgiyalik pleymeyker navbatdagi mavsumni qayerda o‘tkazishini aniqlashi lozim.

Yevropa, Saudiya Arabistoni va Amerika klublaridan qizg‘in takliflar bor. Yevropa nashrlarining xabar berishicha, de Bryuyne Italiya A Seriyasidagi yangi chempion — “Napoli” bilan muzokaralarni yakuniga yetkazgan va moliyaviy shartlar bo‘yicha kelishuvga erishgan.

Biroq yangi burilish kutilmaganda AQSHdan keldi. “Chikago Fayr” klubi Kevinga har mavsum uchun 12 million dollarlik shartnoma taklif qildi. Bu esa “Napoli”ning taklifidan ikki barobar yuqori.

Taniqli insayder Ben Jeykobsning ta’kidlashicha, aynan mana shu taklif De Bryuyneni ikkilantirib qo‘ygan. Chunki moliyaviy jihatdan Amerika taklifi juda jiddiy. Bundan tashqari, 2026 yilgi jahon chempionati qisman AQSHda o‘tishi ham futbolchi uchun qo‘shimcha motivatsiya bo‘lishi mumkin.

Kevin De Bryuyne sport karyerasidagi keyingi bosqichni shon-sharaf va o‘zini boshqacha muhitda sinab ko‘rish bilan bog‘lamoqchi. “Napoli”da u chempion jamoaga yetakchi sifatida keladi, AQSHda esa yangi futbol davrining yuziga aylanishi mumkin.

Futbol olamida hammani qiynayotgan savol: De Bryuyne “Napoli”ning ajoyib loyihasini tanlaydimi yoki “Chikago Fayr”ning rekord maoshini qabul qiladimi? Javob yaqin kunlarda ma’lum bo‘ladi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » De Bryuyne “Napoli” yoki AQSH? Million dollarlik tanlov qarshisida