date
views 140

"Nasaf" 2025 yilgi O‘zbekiston Superkubogi sohibi! (video)

"Nasaf" 2025 yilgi O‘zbekiston Superkubogi sohibi! (video)
O‘zbekiston Superkubogining final uchrashuvida "Nasaf" "Andijon" bilan kuch sinashib, Husayn Norchayevning goli evaziga g‘alaba qozondi.

Uchrashuvning birinchi bo‘limida ikki jamoada ham golli vaziyatlar bo‘lgan bo‘lsa-da, foydalana olishmadi. Shu bilan birga, birinchi bo‘limga 4 daqiqa qo‘shib berildi. Ikkinchi bo‘lim ham kutilganidek, qiziqarli va xavfli hujumlarga boy boshlandi. 72-daqiqada esa zaxiradan maydonga tushgan Sherzod Nasrullayevga nisbatan Usmonali Ismonaliyev tomonidan qoida buzildi. 11 metrlik jarima zarbasidan esa Husayn Norchayev unumli foydalanib hisobni ochishga muvaffaq bo‘ldi. Ushbu gol final uchrashuv taqdirini hal qildi.

Goldan so‘ng "burgutlar" ham yanada joylanib, xavfli hujumlar uyushtirishgan bo‘lsa-da, golga aylantira olishmadi.

Ushbu g‘alaba orqali "Nasaf" 2024/2025 yilgi O‘zbekiston Superkubogi g‘olibiga aylandi!

O‘zbekiston Superkubogi-2025

"Nasaf" – "Andijon" 1:0
Gol
: 1:0 – 72, Husayn Norchayev (penalti)

"Nasaf": 35.Abduvohid Ne’matov, 2.Alibek Davronov, 5.G‘olib G‘aybullayev, 7.Akmal Mozgovoy, 10.Dragan Cheran (22.Igor Golban, 90+2), 14.Sharof Muhitdinov (34.Sherzod Nasrullayev, 65), 18.Husayn Norchayev, 19.Stefan Cholovich (99.Rubin Xebay, 65), 28.Shuhrat Muhammadiyev (8.Zafarmurod Abdirahmatov, 90+2), 77.Oybek Bozorov, 92.Umarbek Eshmurodov.
Zaxira: 1.Oleksandr Vorobey, 6.Murodbek Rahmatov, 9.Javohir Sidiqov, 17.Suhrob Nurulloyev, 24.Sardorbek Bahromov.

"Andijon": 25.Valijon Rahimov, 4.Islombek Mamatkazin, 5.Abdulvohid G‘ulomov, 6.Altin Kreziu (18.Damir Temirov, 75), 10.Ilhomjon Abdug‘aniyev (9.Mirzad Mexanovich, 75), 11.Islam Mashukov (7.Rustam Turdimurodov, 73), 22.Usmonali Ismonaliyev, 23.Doniyor Abdumannopov, 26.Muhammadkarim Toirov, 32.Luka Uskokovich, 71.Bektemir Abdumannonov.
Zaxira: 1.Eldor Adhamov, 2.Abubakir Ashurov, 8.Iskandar Shayqulov, 13.Sardor Azimov, 14.Abdurahmon Komilov, 21.Asadbek Xabibullayev.

Ogohlantirish: Akmal Mozgovoy (24), Usmonali Ismonaliyev (71), Abdulvohid G‘ulomov (80), Dragan Cheran (90)
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » "Nasaf" 2025 yilgi O‘zbekiston Superkubogi sohibi! (video)