
Futbol dunyosidagi afsonaviy duet — Luis Suares va Lionel Messi maydondagi hamkorlikni endi biznes maydonida ham davom ettirishmoqda. “Inter Mayami” klubi safida to‘p surib kelayotgan hujumchi Luis Suares o‘z futbol klubini tashkil etganini e’lon qildi. Ushbu yangi loyiha "Deportivo LSM" deb nomlanib, Urugvay chempionatining 4-ligasida faoliyat yuritadi.
Qizig‘i shundaki, jamoa asoschilaridan biri sifatida Lionel Messining ham nomi tilga olinmoqda. Argentinalik yulduz nafaqat maydonda, balki ishbilarmon sifatida ham Suaresning biznes sherigiga aylandi. Bu futbol olamida katta taassurot uyg‘otgan hamkorlik hisoblanmoqda.
Messi 2023 yil yozida “Inter Mayami”ga kelib qo‘shilgan va shu paytgacha 57 uchrashuvda ishtirok etib, 45 ta gol va 21 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan. Uning klubdagi ta’siri nafaqat statistika, balki marketing va muxlislar e’tibori jihatidan ham ulkan ahamiyat kasb etmoqda.
Suares esa 2024 yil boshida jamoaga qo‘shildi va qisqa vaqt ichida 56 o‘yinda 30 ta gol urdi, 20 ta assist qayd etdi. Uning professional faoliyatidagi yuqori saviya va g‘alabaga bo‘lgan chanqoqligi endi yangi klub orqali yoshlarga o‘rnak bo‘lib xizmat qiladi.
“Deportivo LSM” loyihasi orqali ikki yulduz nafaqat yangi avlod futbolchilari uchun maydon yaratmoqchi, balki milliy chempionatda raqobatni kuchaytirish, yosh iste’dodlarni kashf etish va Urugvay futboliga turtki berishni maqsad qilgan.
Futbol muxlislari endi nafaqat Suares va Messining o‘yinlarini, balki ular boshchiligidagi yangi klubning qanday rivoj topishini ham qiziqish bilan kuzatishadi. “Deportivo LSM” — nafaqat klub nomi, balki haqiqiy futbol an’analariga tyangan yangi sahifa bo‘lishi mumkin. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar