
2026 yilgi jahon chempionatiga saralash bosqichining hal qiluvchi pallasiga yaqinlashar ekan, Kosmin Olariu boshchiligidagi BAA milliy terma jamoasi muhim uchrashuvlar arafasida yig‘inga kirishdi. Aynan 5 iyun kuni BAA o‘z maydonida O‘zbekiston terma jamoasini qabul qiladi. Bu bellashuvda esa yurtimiz jamoasi mundialga yo‘llanmani muddatidan avval qo‘lga kiritish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Amirliklar jamoasi bu muhim uchrashuvlar oldidan o‘z yig‘inlarini Dubay shahridagi "Zabil" stadionida boshlab yubordi. Ushbu tayyorgarlik davomida jamoa nafaqat O‘zbekiston, balki Qirg‘izistonga qarshi bo‘ladigan bahsga ham puxta hozirlik ko‘rishni maqsad qilgan.
BAA termasi bosh murabbiyi Kosmin Olariu bir necha kun avval bu ikki uchrashuv uchun 27 nafar futbolchidan iborat kengaytirilgan tarkibni e’lon qilgan edi. Quyidagi futbolchilar ushbu saralash bosqichi uchun jamoaga jalb etilgan:
Darvozabonlar: Xolid Eysa, Hamad Almeqebali, Ali Xasif
Himoyachilar: Lukas Pimenta, Kuame Kuadio, Halifa Al Hammadi, Ala Jir, Sasha Ivkovich, Halid Al Danxani, Markus Meloni
Yarim himoyachilar: Abdulrahmon Solih, Bader Nosir, Yahyo Nodir, Abdulla Ramadan, Yahyo Al Gassani, Xarib Abdulloh, Fabio De Lima, Abdulla Hamid, Muhammad Abdulbosit, Ali Solih, Majid Hassan
Hujumchilar: Luan Pereyra, Bruno De Oliveyra, Kayo Lukas, Sulton Adel, Junior Ndiaye, Kayo Kanedo
Amirliklar termasida chet ellik futbolchilar soni va ularning muhim rol o‘ynashi ham diqqat markazida. Xususan, Luan Pereyra, Sasha Ivkovich, Kayo Kanedo kabi futbolchilar jamoaning yetakchilaridan biriga aylangan.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston milliy terma jamoasi mazkur bellashuvda g‘alaba qozonsa, Jahon chempionatiga yo‘llanmani oldindan rasman kafolatlab qo‘yadi. Demak, 5 iyun kuni nafaqat muxlislar, balki futbol olami butun diqqat-e’tiborini Dubaydagi ushbu to‘qnashuvga qaratadi.
Qayd etish joizki, Kosmin Olariu singari tajribali mutaxassisning raqibimiz sifatida bosh murabbiylik qilishi bellashuvning darajasini yanada oshiradi. Shu bois, yurtdoshlarimizni juda jiddiy sinov kutmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar