date
views 656

Yevropaning eng qimmat 10 ta klubi nomi ma’lum bo‘ldi

Yevropaning eng qimmat 10 ta klubi nomi ma’lum bo‘ldi
"Football Benchmark" agentligi versiyasiga ko‘ra, Yevropaning eng qimmat klublari ro‘yxati e’lon qilindi. Unga ko‘ra, ikkinchi yil ketma-ket yetakchilikni saqlab qolgan Madridning "Real" klubi reytingda birinchi o‘rinni egalladi.

Klubning umumiy qiymati (Enterprise value — kompaniyaning umumiy moliyaviy bahosi, qarz va aksiyalarni ham o‘z ichiga olgan holda) 6,278 milliard yevroni tashkil etdi. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilga nisbatan 23 foizga oshgan.

Eng katta o‘sishni Birlashgan Qirollik klublaridan "Aston Villa" qayd etdi — 42% o‘sish bilan 19-o‘ringa (899 mln yevro) ko‘tarildi. Eng katta pasayish esa Niderlandiyaning "Ayaks" klubida kuzatildi — 22% yo‘qotish (27-o‘rin, 536 mln yevro).

Italiya grantlari — "Milan", "Inter" va "Yuventus" klublari birinchi o‘ntalikka kirolmadi. Ular mos ravishda 13, 14 va 15-o‘rinlarda joylashdi.

Top-10 quyidagicha ko‘rinish oldi:

1. "Real" — 6,278 mlrd yevro
2. "Manchester Siti" — 5,104 mlrd yevro
3. "Manchester Yunayted" — 5,051 mlrd yevro
4. "Barselona" — 4,459 mlrd yevro
5. "Bavariya" — 4,281 mlrd yevro
6. "Liverpul" — 4,207 mlrd yevro
7. "Arsenal" — 4,010 mlrd yevro
8. PSJ — 3,760 mlrd yevro
9. "Tottenxem" — 3,659 mlrd yevro
10. "Chelsi" — 3,016 mlrd yevro

So‘nggi 10 yilda Yevropaning 32 ta klubining umumiy qiymati 146 foiz oshib, 64,7 milliard yevroga yetdi. Shuningdek, “Real Madrid” operatsion daromadlari, ya’ni televizion huquqlar, reklama, chipta sotish, klub mahsulotlari savdosi va shunga o‘xshash tijorat faoliyati ortidan 1 milliard yevro foyda ko‘rgan birinchi futbol jamoasi hisoblanadi.

Ma’lumot uchun, Top-10 dan joy olgan jamoalar daromadining yarmidan ko‘pi tijoratdan kelsa, kichikroq klublar moliyaviy barqarorlikni futbolchilar savdosi orqali saqlab qolmoqda, masalan, “Benfika”, “Portu” va “Atalanta”.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Yevropaning eng qimmat 10 ta klubi nomi ma’lum bo‘ldi