
Tailand poytaxti Bangkok shahrida 24 maydan beri qizg‘in tarzda o‘tkazilayotgan xalqaro boks turniri hal qiluvchi bosqichga yetib keldi. Bugungi kunda musobaqaning yarim final bosqichi doirasida qiziqarli va kurashli bahslar bo‘lib o‘tmoqda.
-57 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilayotgan Nigina O‘ktamova mezbon Tailand bokschisi Punrave Ruyenrosga qarshi ringga chiqdi. Uch raund davom etgan murosasiz jangda har ikki bokschi bor kuchini maydonga tashladi, ammo natijada hakamlar g‘alabani mezbon sportchiga — Ruyenrosga berdilar.
O‘ktamova jang davomida katta jasorat va matonat ko‘rsatib, so‘ngi soniyalargacha kurashdan chekinmadi. Uning harakatlari, zarba aniqligi va ringdagi faolligi muxlislar va mutaxassislar tomonidan ijobiy baholandi. Biroq ochkolar hisobidagi kichik farq sababli u finalga yo‘l ola olmadi.
Shu bilan birga, Nigina O‘ktamova musobaqani bronza medali bilan yakunladi. Bu natija uning xalqaro maydondagi navbatdagi muvaffaqiyati sifatida baholanadi. Yosh va umidli bokschi uchun bu natija kelajakda yanada katta yutuqlarga zamin yaratishi shubhasiz.
Eslatib o‘tamiz, Bangkokdagi ushbu musobaqa 1 iyungacha davom etadi. Oldinda esa yana bir vakilamiz Aziza Zokirova ukrainalik bokschi Karine Airapetianga qarshi ringga chiqishi kutilmoqda. Bu bahs ham yuqori darajadagi to‘qnashuv bo‘lishi kutilayapti.
Zamin.uz tahririyati Nigina O‘ktamovani bronza medali bilan tabriklaydi va unga kelajakdagi musobaqalarda ulkan yutuqlar tilab qoladi! Musobaqa davomidagi barcha yangiliklarni saytimiz orqali kuzatib boring. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar