date
views 4 541

Gasperini "Roma"ni tanladi: Shomurodovga katta imkoniyat eshigi ochildi

Gasperini "Roma"ni tanladi: Shomurodovga katta imkoniyat eshigi ochildi
Yevropa futbolida yana bir katta o‘zgarish yuz berdi — tajribali murabbiy Jan-Pero Gasperini “Roma” jamoasining bosh murabbiyi sifatida ish boshlamoqda. Bu qaror "Atalanta"ni tark etgan mutaxassis uchun jiddiy burilish bo‘ldi. Italiya matbuoti va Fabritsio Romano kabi ishonchli insayderlar Gasperinining "Yuventus" bilan ham muloqotda bo‘lganini, biroq oxir-oqibat Rim klubini tanlaganini ma’lum qilishdi.

Aytishlaricha, mutaxassis bugun "Yuventus"ning bo‘lajak sport direktori Damen Komolli bilan uchrashgan, ammo suhbat natijasida turinliklar bilan kelishuvga yetib bormagan. Aksincha, Gasperini "Roma" klubi rahbariyati bilan uchrashuv davomida o‘zini kerakli va qadrlangan inson sifatida his qilganini ta’kidlagan.

Bu yangilik o‘zbekistonlik futbol ishqibozlari uchun alohida ahamiyatga ega. Chunki "Roma" safida O‘zbekiston milliy terma jamoasi sardori — Eldor Shomurodov faoliyat yuritmoqda. Yangi murabbiyning kelishi bilan unda yangi imkoniyatlar eshigi ochilishi mumkin. Har bir murabbiy o‘z uslubiga ega va Gasperini kabi tajribali strateg Shomurodovning maydondagi potensialini to‘liq ochib berishga qodir.

Eslatib o‘tamiz, Gasperini “Atalanta”da olib borgan ishi orqali ko‘plab yosh futbolchilarni katta futbolga olib kirgan, jamoaviy o‘yin va hujumkor futbol uslubi bilan tanilgan. Agar u “Roma”da ham shu uslubni davom ettirsa, Eldor Shomurodov uchun bu yangi pallalarga chiqish imkoni bo‘lishi mumkin.

Shu bilan birga, so‘nggi kunlarda “Markaziy Sektor” kanali orqali chiqqan intervyuda Shomurodov o‘zining Rimdagi hayoti, “Roma”dagi taassurotlari va kelajak rejalari haqida muxlislar bilan samimiy suhbatlashgan edi. Uning fe’l-atvori, mehnatsevarligi va professional yondoshuvi muxlislar hamda mutaxassislar tomonidan yuqori baholanmoqda.

Gasperinining “Roma”dagi faoliyati Shomurodovning ham yangi bosqichga chiqishiga turtki bo‘lishi mumkin. Yangi mavsum katta qiziqish bilan kutilmoqda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Gasperini "Roma"ni tanladi: Shomurodovga katta imkoniyat eshigi ochildi