date
views 1 283

YECHL finalida 3 golda ishtirok – 19 yoshli yulduz tarix yozdi

YECHL finalida 3 golda ishtirok – 19 yoshli yulduz tarix yozdi
Yevropa chempionlar ligasi finalida yosh yulduz Dezire Duening ta’sirchan o‘yini nafaqat jamoasiga g‘alaba keltirdi, balki uni tarixga kiritdi. UYEFA rasmiy ravishda 19 yoshli futbolchini "Uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi" — "Man of the Match" sifatida e’lon qildi.

Final bahsida Due haqiqiy mahorat namoyish etdi: u 2 ta gol muallifi bo‘ldi va yana bir bor jamoadoshiga assist berdi. Bu natija orqali u UEFA Chempionlar Ligasi finallari tarixida ilk bor 3 ta golli harakatda ishtirok etgan yagona futbolchi sifatida qayd etildi.

Bu mavsumdagi umumiy statistika ham uning qanchalik foydali o‘yinchi ekanini ko‘rsatib turibdi. Due joriy yil 54 ta rasmiy uchrashuvda maydonga tushgan va o‘z hisobiga 15 ta gol hamda 16 ta golli uzatmani yozdirib qo‘ygan.

Katta sahnalarda jasorat bilan harakat qilayotgan Dezire Due futbol olamida yangi yulduz sifatida porlamoqda. Uning finaldagi jo‘shqin va g‘alabaga bo‘lgan chanqoqligi muxlislar va ekspertlar tomonidan yuqori baholandi.

Zamin.uz tahririyati Dezire Duening bu muvaffaqiyatini futbol tarixidagi eng yorqin chiqishlardan biri sifatida qayd etadi va yosh futbolchining kelgusi faoliyatida yanada ulkan zafarlar tilaydi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » YECHL finalida 3 golda ishtirok – 19 yoshli yulduz tarix yozdi