date
views 2 378

ECHLning to‘purar va assistentlar qiroli bo‘lish kimga nasib etdi?

ECHLning to‘purar va assistentlar qiroli bo‘lish kimga nasib etdi?
UYEFA Chempionlar Ligasi 2024/25 yilgi mavsumi tarixdagi eng yorqin finallardan biri bilan yakunlandi. Parijning PSJ klubi hal qiluvchi bahsda Italiyaning “Inter” jamoasini shiddatli tarzda — 5:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi va o‘z tarixida ilk bor Chempionlar Ligasi chempioniga aylandi.

Turnir yakunlanishi bilan birga individual statistik ko‘rsatkichlar ham e’lon qilindi. Mavsumning eng yaxshi to‘purarlari va assistentlari nomlari ochiqlandi. Yil davomida o‘tkazilgan o‘yinlardagi gollar va golli uzatmalar futbolchilarning shaxsiy mahoratlari va jamoaviy o‘yinga qo‘shgan hissasini yana bir bor namoyon etdi.

Eng yaxshi to‘purarlar:

Birinchi o‘rinni “Barselona”ning dribling ustasi Rafinya va “Borussiya Dortmund”ning yetakchi hujumchisi Serju Girassi bo‘lishdi — har ikkalasi 13 tadan gol bilan cho‘qqini egallashdi. Ulardan keyingi o‘rinlarda yana bir “Barsa” yulduzi Robert Levandovski (11 gol) va “Bavariya” to‘purari Harri Keyn joylashdi. “Inter” sardori Lautaro Martines esa 9 ta gol bilan kuchli beshlikka kirdi.

To‘purarlar ro‘yxati:
• Rafinya (“Barselona”) — 13 gol
• Serju Girassi (“Borussiya Dortmund”) — 13 gol
• Robert Levandovski (“Barselona”) — 11 gol
• Harri Keyn (“Bavariya”) — 11 gol
• Lautaro Martines (“Inter”) — 9 gol
• Usmon Dembele (“PSJ”) — 8 gol
• Erling Holand (“Manchester Siti”) — 8 gol
• Vinisius Junior (“Real Madrid”) — 8 gol

Eng yaxshi assistentlar:

Gollar bilan birga uzatmalar ham turnir taqdirida hal qiluvchi ahamiyatga ega. Bu borada ham Rafinya yetakchilikni qo‘lga kiritib, mavsumning eng ko‘p golli uzatma bergan futbolchisiga aylandi — uning hisobida 9 ta assist bor. “PSJ”ning faol vingeri Usmon Dembele esa 6 ta uzatma bilan ikkinchi o‘rinda qayd etildi.

3-o‘rin esa 5 ta assist qayd etgan bir necha futbolchilar o‘rtasida bo‘lishib olindi. Ular orasida “Bavariya”ning jarima maydoni ortidagi motor Joshua Kimmix, “Atalanta” va “Borussiya”ning yetakchi o‘yinchilari, shuningdek, “Bayer” va “PSJ” safida porlagan futbolchilar bor.

Assistentlar ro‘yxati:
• Rafinya (“Barselona”) — 9 assist
• Usmon Dembele (“PSJ”) — 6 assist
• Joshua Kimmix (“Bavariya”)
• Davide Zappakosta (“Atalanta”)
• Yulian Brandt (“Borussiya Dortmund”)
• Jeremi Frimpong (“Bayer Leverkuzen”)
• Igor Payshao (“Feyenoord”)
• Ashraf Hakimi (“PSJ”)
• Serju Girassi (“Borussiya Dortmund”)
• Sharl De Ketelare (“Atalanta”) — har biri 5 ta assist

Chempionlar Ligasi tarixidagi navbatdagi sahifa yozildi – unda kimlar yangi yulduzga aylanarkin?
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » ECHLning to‘purar va assistentlar qiroli bo‘lish kimga nasib etdi?