date
views 4 666

Dembele "Oltin to‘p" sari: asosiy raqiblari kimlar bo‘ladi?

Dembele "Oltin to‘p" sari: asosiy raqiblari kimlar bo‘ladi?
Futbol olamining eng nufuzli va qadrli mukofoti — "Oltin to‘p" sovrini uchun kurash qizg‘in pallaga kirdi. Ayniqsa, Chempionlar Ligasi finali ortdan qolib, PSJning yorqin g‘alabasi va ko‘rsatilgan ajoyib o‘yinlar "Oltin to‘p"ga da’vogarlar orasida keskin o‘zgarishlarga sabab bo‘ldi. Tan olingan Goal nashri chempionatning final uchrashuvidan so‘ng reytingni qaytadan yangiladi va kuchli futbolchilarning yangi ro‘yxatini taqdim etdi.

Bu yilgi sovringa asosiy nomzod sifatida PSJning fransuz yulduzi Usmon Dembele ko‘rsatilmoqda. Ayniqsa, "Inter" bilan bo‘lgan hal qiluvchi bahsda uning ko‘rsatgan o‘yini jamoasining 5:0 hisobidagi tarixiy g‘alabasiga katta hissa qo‘shdi. Dembele nafaqat ikki golli uzatma bilan finaldagi muvaffaqiyatning qahramoni bo‘ldi, balki turnir davomida ham eng yaxshi ko‘rsatkichlarni qayd etdi.

Barchasi hisobga olingan holda Goal nashri Dembeleni birinchi raqamli da’vogar sifatida yana bir bor tasdiqladi.

Ikkinchi va uchinchi o‘rinlarni esa "Barselona"ning ikki iqtidorli hujumchisi — Lamin Yamal va Rafinya Dias egallamoqda. Kataloniya klubining ushbu ikki yulduzi mavsum davomidagi ajoyib va barqaror o‘yinlari bilan "Oltin to‘p" uchun kurashda jiddiy raqiblarga aylandi.

To‘rtinchi pog‘onada "Liverpul"ning misrlik yulduzi Muhammad Saloh joy olgan bo‘lsa, kuchli beshlikni esa "Real Madrid"ning hujumdagi yetakchisi Kilian Mbappe yakunlagan. Mbappe uchun bu mavsum yarqin kechgan bo‘lsa-da, YECHLda "Real"ning muddatidan oldin chiqib ketishi uning sovrinni qo‘lga kiritish imkoniyatlarini pasaytirgani aytilmoqda.

Reytingning yuqori qismini egallagan futbolchilar orasida PSJ vakillari ko‘pchilikni tashkil etmoqda. Dezire Due, Xvicha Kvaratsxeliya va Ashraf Xakimi mos ravishda 6, 7 va 8-o‘rinlarda qaror topgan. Jamoaning darvozaboni Janluiji Donnarumma ham kuchli 12-o‘rinni egallagan bo‘lib, bu Parij jamoasining ushbu mavsumdagi kuchli tarkibi va muvaffaqiyatlaridan darak beradi.

"Barselona"dan Pedri va Robert Levandovski, "Bavariya"dan Xarri Keyn ham kuchli o‘nlikka kirish uchun jiddiy harakat qilishmoqda. Shuningdek, yosh iqtidor egalari Vinisius Junior va Jud Bellingem ("Real Madrid") ham bu ro‘yxatda munosib o‘rin egallagan.

To‘liq 20 nafar futbolchi kirgan ushbu reytingda "Arsenal"ning tayanch yarim himoyachisi Deklan Rays ham o‘rin olgan bo‘lib, bu uning uchun katta muvaffaqiyat hisoblanadi.

Butun ro‘yxat quyidagicha:
1. Usman Dembele ("PSJ").
2. Lamin Yamal ("Barselona").
3. Rafinya Dias ("Barselona").
4. Muhammad Saloh ("Liverpul").
5. Kilian Mbappe ("Real").
6. Dezire Due (PSJ).
7. Xvicha Kvaratsxeliya (PSJ).
8. Ashraf Xakimi (PSJ).
9. Pedri ("Barselona").
10. Xarri Keyn ("Bavariya").
11. Robert Levandovski ("Barselona").
12. Janluiji Donnarumma (PSJ).
13. Vitinya (PSJ).
14. Joau Nevesh (PSJ).
15. Viktor Gyokeresh ("Sporting").
16. Nunu Mendesh (PSJ).
17. Vinisius Junior ("Real").
18. Jud Bellingem ("Real").
19. Bredli Barkolya (PSJ).
20. Deklan Rays ("Arsenal").

Bundan ko‘rinadiki, "Oltin to‘p" uchun kurash yakunlangan mavsumda yanada keskin va shiddatli kechadigan ko‘rinadi. Biroq ayni damda sovrin uchun asosiy da’vogar sifatida Usmon Dembelening nomzodligi deyarli shubhasiz hisoblanmoqda. Uning bu mavsumdagi o‘yini futbol muxlislari va ekspertlarning olqishiga sabab bo‘lmoqda.

Endi esa futbol muxlislari uchun asosiy savol: Usmon Dembele bu nufuzli sovrinni qo‘lga kirita olarmi yoki uning raqiblari oxirgi daqiqalargacha kurashni davom ettiradimi? Bu savolga javobni tez orada olamiz.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Dembele "Oltin to‘p" sari: asosiy raqiblari kimlar bo‘ladi?