
“Real” Madridning yaqinda tayinlangan bosh murabbiyi Xabi Alonso jamoadagi tartib va taktik muvozanatni qayta qurishga bel bog‘lagan. Uning birinchi vazifalaridan biri — Karlo Anchelotti davrida kuzatilgan ba’zi kamchiliklarni bartaraf etishdan iborat bo‘ladi.
Eng katta muammo — hujumchilarning himoyadagi passivligi
Ispaniyaning “Marca” nashri xabar berishicha, yangi murabbiy aynan hujum chizig‘idagi yulduzlar — Kilian Mbappe va Vinisius Juniorning himoyadagi faolsizligiga jiddiy e’tibor qaratmoqda. Anchelotti davrida bu ikki futbolchi hujumda qancha kuchli bo‘lishmasin, ortga qaytib himoyaga yordam berishdan ko‘pincha bosh tortardi. Bu holat futbol mutaxassislari va muxlislar tomonidan bir necha bor tanqid qilingan.
Alonso qat’iy intizom tarafdori
Xabi Alonso esa jamoada barcha futbolchilar birdek javobgar bo‘lishi kerak, degan tamoyilga asoslanmoqda. Uning ta’kidlashicha, Mbappe ham, Vinisius ham faqat gol urish uchun emas, balki jamoaviy himoyani mustahkamlash uchun ham mas’ul. Yangi murabbiy hech kimni imtiyozli futbolchi sifatida qabul qilmaydi.
“Har bir futbolchi himoyada o‘z hissasini qo‘shishi shart. Faqat shunday jamoaviy ishlash orqali barqaror va muvaffaqiyatli o‘yinga erishish mumkin”, — degan mazmunda fikr bildirgan Alonso klub atrofidagilarga.
Ta’limoti — daravoza daxlsizligi va jamoaviy harakat
Xabi Alonso murabbiylik falsafasiga ko‘ra, har qanday jamoa muvaffaqiyatining asosida to‘g‘ri taktika va jamoaviy harakat turadi. Uning maqsadi “Real”ni nafaqat hujumkor, balki muvozanatli va intizomli tarzda harakat qiladigan jamoaga aylantirishdir.
Xabi Alonso davri “Real”da yangi intizom va yondashuv bilan boshlanmoqda. Mbappe va Vinisius singari yulduzlar endi faqat gol urish bilan cheklanib qolmay, jamoaviy mas’uliyatni ham yelkasiga olishlariga to‘g‘ri keladi. Madrid klubidagi bu yangi bosqich ko‘p narsani o‘zgartirishi aniq. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar