
Xalqaro futbol qoidalarini belgilash va o‘zgartirish vakolatiga ega bo‘lgan IFAB tashkiloti penalti zarbasini amalga oshirish jarayonida sodir bo‘ladigan mashhur «ikkinchi teginish» (dvoynoye kasaniye) vaziyatiga nisbatan yangi qaror qabul qildi. Unga ko‘ra, 2025 yilning 1 iyulidan boshlab penalti zarbasini tepish jarayonida tasodifiy holda ikki marta teginishga yo‘l qo‘yilsa, vaziyat boshqacha ko‘rib chiqiladi.
Avvalgi qoidaga ko‘ra, penalti ijrochisi to‘pga tasodifan ikki marta tegib qolgan holatda gol hisoblanmagan va qarshi tomonga erkin zarba berilgan. Bu esa futbolchining kutilmagan holatlar sababli adolatsizlikka duch kelishiga sabab bo‘lar edi.
Endi esa IFAB tomonidan tasdiqlangan yangi qoida vaziyatga yanada xolis va adolatli yondashuvni ta’minlaydi. Agar futbolchi penaltini tepish paytida tasodifan ikki marta tegib qolsa — masalan, tepish jarayonida sirg‘anib yoki oyog‘i tasodifan boshqa biror holatga tushib, tayanch oyog‘i orqali hamda zarba beruvchi oyog‘i bilan ikki marta tegsa — va bu vaziyatda to‘p darvozaga kirib ketsa, bosh hakam golni bekor qilmaydi. Bu holda endi hakam penaltini qaytadan ijro etishga ruxsat beradi.
Bu o‘zgarish futbolchilarning tasodifiy xatolari yoki texnik omadsizliklari sababli adolatsizlikka uchramasligi uchun amalga oshirildi. Shunday qilib, o‘yinchilar endi tasodifiy holatlar uchun jazolanmaydi va qayta imkoniyatga ega bo‘ladi. Yangi qoida futbolchilar, murabbiylar va muxlislar tomonidan ham ijobiy qabul qilindi. Bu yangilik o‘yin adolatliligi va shaffofligini yanada oshirishga xizmat qiladi.
Xalqaro mutaxassislarning fikricha, bu o‘zgarish futbolni yanada qiziqarliroq va do‘stona qiladi. Chunki ko‘plab futbolchilar penalti tepayotganda jiddiy psixologik bosim ostida bo‘lishadi. Bunday vaziyatda sodir bo‘ladigan tasodifiy texnik xatolar endi futbolchi uchun falokat emas, balki ikkinchi bir imkoniyat eshigini ochadi.
Hozirda ko‘plab klublar va milliy jamoalar ushbu yangilik bilan bog‘liq qoidalarni o‘z mashg‘ulotlarida allaqachon inobatga olmoqda. Ushbu o‘zgarish futbolchilarning texnika va mahoratini oshirishga, shuningdek, penalti tepish jarayonidagi ruhiy bosimni kamaytirishga yordam beradi.
Eslatib o‘tamiz, mazkur yangi tartib 2025 yilning 1 iyulidan boshlab butun dunyo bo‘ylab rasman kuchga kiradi. Futboldagi bu muhim o‘zgarish barcha futbol muxlislari, futbolchilar va murabbiylar uchun ham qiziqarli, ham adolatli yangilik bo‘ladi, deb umid qilinmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar