date
views 146 273

World Boxing prezidenti Iman Xelifdan rasman uzr so‘radi

World Boxing prezidenti Iman Xelifdan rasman uzr so‘radi
World Boxing xalqaro boks federatsiyasi prezidenti Boris van der Vorst Jazoirlik olimpiya chempioni Iman Xelifdan rasmiy uzr so‘radi, deb xabar berdi uz.kursiv.media.

Bu holatga sabab — tashkilotning sportchilarda jinsni aniqlovchi test bo‘yicha bayonotida Iman Xelifning ismi ochiq ko‘rsatilgani bo‘ldi. Bu esa maxfiylik buzilishi sifatida jamoatchilik e’tiroziga sabab bo‘ldi.

Iman Xelif 2024 yilgi Parij Olimpiadasida oltin medal sohibasi bo‘lgan ва bayonotda bevosita tilga olingan yagona sportchi edi.

Shundan so‘ng, dushanba kuni Van der Vorst Jazoir boks federatsiyasiga rasmiy maktub yuborib, quyidagicha bayonot berdi:

«Men sizga shaxsan murojaat qilib, yuzaga kelgan holat uchun rasmiy va samimiy uzr so‘rayman. Iman Xelifning shaxsiy maxfiyligi himoyalanishi kerak edi», — deyiladi maktubda.

Van der Vorst bu bayonot orqali barcha sportchilar va federatsiyalarga hurmat ifodalanishi lozimligini ta’kidladi.

Eslatib o‘tamiz, Iman Xelif va Tayvanlik bokschi Lin Yu-Tin 2023 yilda IBA tomonidan jahon chempionatidan chetlashtirilgan, biroq Xalqaro Olimpiya Qo‘mitasi (XOQ) ularni ishtirok etishiga ruxsat bergan edi.

World Boxing — 2023 yilda tashkil etilgan yangi xalqaro boks federatsiyasi bo‘lib, discreditatsiyaga uchragan IBA’ga muqobil sifatida tashkil etilgan. U olimpiya boksiga shaffoflik va ishonchni tiklash maqsadini ko‘zlaydi. Tashkilotning shtab-kvartirasi Shveytsariyada joylashgan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » World Boxing prezidenti Iman Xelifdan rasman uzr so‘radi