
UYEFA Millatlar ligasi yarim finali doirasidagi Ispaniya hamda Fransiya terma jamoalari o‘rtasidagi bellashuv tomoshabop va dramatik tarzda kechdi. Ushbu jangni o‘ziga xos “gollar festivali” deb atash mumkin — maydonda to‘qqizta gol urildi.
Qattiq kurashlar ostida o‘tgan bellashuvda ispaniyaliklar 5:4 hisobida g‘alabaga erishib, final yo‘llanmasini qo‘lga kiritishdi. Fransiya terma jamoasi esa musobaqadagi ishtirokini Germaniyaga qarshi uchinchi o‘rin uchun o‘yin bilan davom ettiradi.
Ushbu uchrashuvda Fransiya hujumchisi Kilian Mbappe o‘zining jamoa tarixidagi muhim o‘rnini yana bir bor tasdiqladi. U jamoadoshi Rayan Sherkiga aniq pas uzatib, Fransiya terma jamoasi tarixida eng ko‘p golli uzatma (assist) amalga oshirgan futbolchiga aylandi.
Sherki tomonidan urilgan gol Kilianning terma jamoadagi xalqaro uchrashuvlardagi 31-assisti bo‘ldi. Bu ko‘rsatkich bilan u Antuan Grizmannni ortda qoldirib, rekordchiga aylandi.
Futbol muhitida bu holat "estafeta almashinuvi" sifatida baholanmoqda. 26 yoshli Mbappe hali uzoq yillar milliy jamoa sharafini himoya qilish imkoniga ega ekanini hisobga olsak, uning rekordlari yana ko‘p marta yangilanishi kutilmoqda.
Futbol ishqibozlari bunday ko‘rkam o‘yin va individual rekordlarga boy kechalarni ko‘proq ko‘rishni istaydi, albatta. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar