
Jan Piero Gasperini rasmiy ravishda "Roma"ning yangi bosh murabbiyi etib tayinlandi, deb xabar berdi Euro-Football.ru. 67 yoshli italiyalik mutaxassis klub bilan 2028 yil yozigacha mo'ljallangan shartnoma imzoladi.
"Xush kelibsiz, murabbiy!" — deyiladi klubning rasmiy bayonotida.
Gasperini 2016 yildan 2025 yilgacha "Atalanta"ni boshqarib, jamoani Italiya futbolining eng barqaror klublaridan biriga aylantirdi. Uning rahbarligida "Atalanta" 2024 yilda Yevropa Ligasida g'olib chiqdi va o'tgan mavsumda A Seriyada 3-o'rinni egalladi. "Roma" esa 5-o'rinda qoldi.
Avvalroq xabar berilishicha, Gasperini "Yuventus"ning taklifini rad etib, Rimdagi loyihani afzal ko'rgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
 Enter
 Xato topdIngizmi? 
 Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
  
  
  
  
  
  
  
  
  
  
  
  
  
  
 