date
views 3 035

Yamal 112 yilda bunday natija qayd etgan ilk futbolchiga aylandi

Yamal 112 yilda bunday natija qayd etgan ilk futbolchiga aylandi
Ispaniya terma jamoasi yarimhimoyachisi Lamine Yamal kecha Fransiyaga qarshi bo‘lib o‘tgan Millatlar Ligasi uchrashuvida dubl qayd etdi va Yevropa futbol tarixidagi navbatdagi rekordni yangiladi, deb euro-football.ru xabar berdi.

Stats Foot ma’lumotiga ko‘ra, 17 yoshli ispan futbolchisi 18 yoshga to‘lmasdan terma jamoadagi gollari sonini olti va undan oshirgan birinchi yevropalik futbolchiga aylandi. Bu natijaga oxirgi marta 1913 yilda belgiyalik Fernan Nisot erishgan edi.

Eslatib o‘tamiz, Ispaniya terma jamoasi Fransiyani 5:4 hisobida mag‘lub etdi. Millatlar Ligasi finalida Ispaniya Portugaliya bilan to‘qnash keladi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Yamal 112 yilda bunday natija qayd etgan ilk futbolchiga aylandi