date
views 21 315

Yamal Ronaldu haqida fikr bildirdi

Yamal Ronaldu haqida fikr bildirdi
Ispaniya terma jamoasi va “Barselona” futbolchisi Lamine Yamal portugaliyalik hujumchi Krishtianu Ronaldu haqida fikr bildirdi, deb xabar berdi euro-football.ru.

Payshanba kuni 17 yoshli futbolchi Fransiya darvozasiga dubl kiritib, jamoasini Millatlar Ligasi finaliga olib chiqdi (5:4). Hal qiluvchi o‘yin yakshanba kuni bo‘lib o‘tadi — Luis de la Fuentening jamoasi Portugaliyaga qarshi maydonga tushadi. Portugaliya yarim finalda Germaniyani 2:1 hisobida mag‘lub etgan.

Yamal shunday dedi: “Ronaldu bilan to‘qnash kelishmi? Krishtianu — afsona, u hurmatga loyiq. Men o‘z ishimni qilib, bu o‘yinda g‘alaba qozonishga harakat qilaman.”

Ispaniya – Portugaliya uchrashuvi Toshkent vaqti bilan 8-iyun soat 00:00 da boshlanadi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Yamal Ronaldu haqida fikr bildirdi