
Fransiya terma jamoasining yetakchi yulduzi Kilian Mbappe Millatlar ligasi yarim finalida Ispaniyaga qarshi kechgan dramatik to‘qnashuvdan so‘ng o‘z jamoadoshi — Rayan Sherki haqida katta tahsin bilan fikr bildirdi.
Ma’lumki, ushbu uchrashuvda Sherki mahoratli zarba bilan gol urgan bo‘lsa-da, fransuzlar nafas to‘xtatadigan o‘yinda 4:5 hisobida mag‘lubiyatga uchrashdi. Shunga qaramay, Mbappe yosh yarim himoyachining o‘yini va kelajagiga ishonch bildirdi:
“Men hech qachon uning iqtidoriga shubha qilmaganman. Rayan terma jamoa uchun muhim o‘rin tutadi va bunaqa o‘yinlar orqali yanada ochiladi. Uning qobiliyati ko‘zga yaqqol tashlanadi,” — dedi Mbappe.

Sherkining bir qarashda ko‘zga tashlanadigan texnik mahorat va tezkor qaror qabul qilish qobiliyati futbol muhitida ko‘plab mutaxassislar tomonidan yuqori baholanmoqda. Ayniqsa, uning yosh bo‘lishi, shiddat bilan o‘sib kelayotganini e’tiborga olsak, u yaqin kelajakda elita darajasidagi yulduzga aylanishi ehtimoldan yiroq emas.
Aytish joizki, Rayan Sherki hozirda "Manchester Siti" klubining asosiy transfer maqsadlaridan biri sifatida qaralmoqda. Katta ehtimol bilan u jamoani erkin agent sifatida tark etgan Kevin de Bryuynening o‘rnini to‘ldirishi mumkin. Biroq, shu paytgacha "shaharliklar" va "Lion" rahbariyati o‘rtasida transfer summasi borasida kelishuvga erishilmagan.
Gvardiola boshchiligidagi “Siti” jamoasi hujumkor yarim himoyachiga ehtiyoj sezayotgani sir emas. Agar kelishuv amalga oshsa, Sherki uchun bu ulkan tramplinga aylanadi va uning nomini yanada keng maydonlarga olib chiqadi.
Zamin.uz tahririyati Sherkining transferi va Mbappe qo‘llab-quvvatlovi uning faoliyatida qanday ta’sir ko‘rsatishini diqqat bilan kuzatishda davom etadi. Fransiya termasi va Yevropa grandlari safidagi yosh yulduzlar esa kelajak futbolining asosiy qahramonlariga aylanmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar