
UFC yengil vaznining mahoratli va mag‘lubiyatsiz yulduzi Iliya Topuriya (16–0) braziliyalik sobiq chempion Charlz Oliveyra (35–10, 1 N/C) bilan bo‘ladigan katta jang oldidan juda ishonch bilan gapirmoqda.
29 iyun kuni bo‘lib o‘tadigan “UFC 317” turnirining markaziy to‘qnashuvi — ikki qudratli sportchining vakant chempionlik kamari uchun bo‘ladigan hal qiluvchi jangidir.
"Yengil vaznda hukmronlik qilish faqat bitta insonga nasib etadi — u ham bo‘lsa, men. Bu mening yilim! Bu mening divizionim! Kamar menga tegishli. Oliveyraga qarshi jangda ham hech qanday muammo bo‘lmaydi. Uning jag‘ini sindiraman. Mening zarbalarimda dahshat bor!" — dedi Topuriya intervyu chog‘ida.
Ikki jangchi ham UFC muxlislari uchun yetarlicha tanish va ko‘plab qiziqarli janglarni namoyish etgan. Oliveyra – UFC tarixidagi eng ko‘p sabmishn g‘alabalar sohibi, Topuriya esa texnik zarba va intizom bilan raqiblarini yo‘q qiluvchi "mashina".
Bo‘lajak jang haqiqiy to‘qnashuv va UFC tarixidagi eng ta’sirli finallardan biri bo‘lishi kutilmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar