
O‘zbekiston milliy terma jamoasining 2026 yilgi Jahon chempionatiga ilk bor yo‘llanma olgani nafaqat mamlakatda, balki jahon futbolida ham katta qiziqish uyg‘otmoqda. Yurtimiz sharafini himoya qiluvchi eng mashhur futbolchimiz — Abduqodir Husanov bu katta yutuq munosabati bilan “Manchester Siti” klubi tomonidan alohida tabrik oldi.
Angliya chempionatidagi eng nufuzli jamoalardan biri hisoblangan “shaharliklar” o‘zining rasmiy ijtimoiy tarmoq sahifalarida Abduqodir Husanovning suratini e’lon qilib, shunday deb yozdi:
“Abduqodir Husanov va O‘zbekiston terma jamoasini jahon chempionatiga ilk bor chiqqani bilan chin dildan tabriklaymiz!”
Bu xabar “Siti”ning dunyo bo‘ylab millionlab muxlislari tomonidan katta qiziqish bilan qarshi olindi. Quyida ularning ayrim fikrlari bilan tanishing:
Jeremy Heatley: “Abduqodir — yangi avlod himoyachisi. Tezkor, texnik jihatdan yetuk, aqlli o‘yinchi.”
Beuford Taylor: “Bizda o‘zimizning 'Jeki Chan' bor ekan, tabriklayman!”
Assøuman: “Husanovdan faxrlanamiz. U juda istiqbolli futbolchi.”
Clîfførd Spóóñ: “Uning Parij Olimpiadasidagi o‘yini ham esda qolarli bo‘lgan.”
Jose Ramirez: “O‘zbekistonning jahon chempionatida bo‘lishi musobaqaga alohida mazmun bag‘ishlaydi.”
Wayne Wasike: “Bu — Husanov effekti. O‘zbekistonni to‘liq tabriklaymiz!”
Essa Tahir: “Bu natija — uzoq yillik orzularning ro‘yobidir. Husanov va butun terma jamoaga muvaffaqiyat tilayman.”
Muhammad Naseer: “Tabriklayman, Abduqodir — eng zo‘r himoyachi!”
Joe-e La Flame: “Gvardiola endi uni asosiy tarkibda o‘ynatishi shart!”
Ma’lumot o‘rnida, Abduqodir Husanov 2024 yil 20 yanvardan beri “Manchester Siti” klubi safida to‘p surmoqda. 21 yoshli markaziy himoyachi bu mavsumda Angliya Premer-ligasi, mamlakat kubogi va Chempionlar ligasida jami 9 ta uchrashuvda ishtirok etib, 1 ta gol kiritishga erishdi.
Transfermarkt portali Abduqodirni 35 million yevroga baholamoqda va bu holatda u nafaqat O‘zbekiston, balki butun Markaziy Osiyodagi eng qimmatbaho futbolchi hisoblanadi.
Futbolchilarimizga bo‘lgan bunday e’tiroflar — yurtimizda futbol taraqqiyoti yo‘lidagi tinimsiz mehnatning samarasidir. Abduqodir Husanovning bu yutuqlari keyingi avlod futbolchilari uchun ilhom manbai bo‘lishi shubhasiz. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar