
Yevropa futbolida yozgi transferlar bozori qizg‘in pallaga kirib borar ekan, “Manchester Siti” jamoasi ham o‘z tarkibini kuchaytirish maqsadida jiddiy qadamlar tashlamoqda. APLning amaldagi chempioni bu safar o‘z diqqatini “Milan” klubi sardori sanalgan niderlandiyalik mahoratli yarim himoyachi Tijani Reyndersga qaratdi.
Mashhur insayder Nikolo Skiraning ma’lum qilishicha, “shaharliklar” Reyndersning transferi uchun 55 million yevro to‘lov va qo‘shimcha ravishda 15 million yevro bonus to‘lashga rozi bo‘lishgan. Umumiy transfer paketi 70 million yevroga teng bo‘lishi mumkin. Shu tariqa futbolchi tarixdagi eng qimmat “Gollandiya yarim himoyachilaridan biri"ga aylanishi mumkin.
Hozirda klublar o‘rtasidagi muzokaralar yakuniy bosqichga kirib borgan, transfer rasman yakunlanishiga oz fursat qolgani qayd etilmoqda. Transfer amalga oshsa, Reynders “Siti” bilan besh yillik shartnoma imzolaydi. Bu davomida u har mavsum uchun 8 million yevro maosh oladi — bu esa, taxminan 96 milliard so‘mni tashkil etadi.
27 yoshli Reynders o‘tgan mavsumda “Milan” tarkibida juda ishonchli va samarali o‘yin namoyon etdi. U barcha turnirlarda 54 marta maydonga tushib, jamoasi uchun 15 ta gol va 5 ta golli uzatma bilan yordam berdi. Uning universalligi va taktik tushunchasi “Siti” murabbiyi Pep Gvardiola uchun ayni muddao bo‘lishi shubhasiz.
Ma’lumotlarga qaraganda, “Manchester Siti” bu transfer orqali yarim himoyadagi raqobatni kuchaytirish va kelasi mavsumda Yevropa va ichki chempionatlarda yanada yuqori maqsadlar sari intilishni rejalashtirmoqda.
Tijani Reyndersning “Siti” safida qanday o‘yin namoyish qilishi, muxlislar va futbol jamoatchiligi tomonidan katta qiziqish bilan kuzatib boriladi. Undan muxlislar katta umid qilmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar