
Markaziy yarim himoyachi Job Bellingem «Sonderlend»dan Dortmundning «Borussiya» klubiga o‘tdi, deb euro-football.ru xabar berdi. Bu haqda Dortmund jamoasining matbuot xizmati ma’lum qildi.
19 yoshli futbolchi nemis grandi bilan besh yillik mehnat shartnomasi imzoladi. Qayd etilishicha, bo‘lajak klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida Bellingem 77-raqam ostida to‘p suradi.
Avvalroq, angliyalik futbolchining transferi «Borussiya»ga bonuslarsiz 33 million yevroga, ya’ni taxminan 370 milliard 554 million 300 ming so‘mga tushishi xabar qilingan edi.
«Sonderlend» tarkibida Bellingem 90 ta o‘yinda ishtirok etib, raqiblar darvozasiga 11 ta gol urdi va to‘rtta samarali uzatmaga mualliflik qildi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar