
O‘zbekiston terma jamoasi Jahon chempionati–2026 saralash bosqichi doirasida Qatar ustidan yirik hisobda (3:0) g‘alaba qozondi va tarixiy natija qayd etdi. Toshkentdagi “Bunyodkor” stadionida o‘tgan uchrashuvda muxlislar jamoaning yuksak ruhdagi va kuchli o‘yiniga guvoh bo‘ldilar.
Bu g‘alabada bir qator futbolchilar o‘z o‘yini bilan alohida ajralib turdi. Jumladan, Jamshid Iskanderov o‘yindagi ta’sirchan harakatlari bilan Sofascore talqinida eng yuqori baholangan futbolchi bo‘ldi — 8,1 ball. U 62-daqiqada zaxiradan maydonga tushib, ham Eldor Shomurodov, ham Igor Sergeyevning gollariga assistentlik qildi.

Iskanderov 28 daqiqa ichida to‘pga 16 marta tegib, 10 ta uzatma amalga oshirdi va ularning 80 foizi manzilga yetdi. Shuningdek, u 2 marta kalit pas berib, raqib himoyasini yirtib o‘tdi.
Jaloliddin Masharipov esa 8,0 ball bilan o‘yinning ikkinchi eng yaxshi futbolchisi sifatida qayd etildi. U 84-daqiqagacha maydonda harakat qilib, 61 marta to‘pga tegindi va 5 ta kalit uzatma hamda 7 marta yakka kurashda ishtirok etdi.
Bundan tashqari, birinchi gol muallifi Azizbek Turg‘unboyev 7,6 ball, Igor Sergeyev 7,5 va Eldor Shomurodov 7,2 ball bilan baholandi. Abbosbek Fayzullayev esa 7,1 ball bilan terma jamoamizning faol futbolchilaridan biri sifatida qayd etildi.
Eng kam baholangan futbolchilar orasida Hojimat Erkinov (6,4) va Abdurauf Bo‘riyev (6,6) kabi futbolchilar zaxiradan tushgani bois kamroq faoliyat ko‘rsatishdi. O‘tkir Yusupov va Sherzod Nasrullayevning baholari — 6,7.
Qatar termasi safida eng yaxshi natijani Abdulla Yusuf qayd etdi — 7,0 ball. Eng yomon baholangan futbolchi esa Muhammad Nosir — 6,2 ball.
Jamoaviy ruh, aniq taktika va individual mahorat — O‘zbekistonning Qatar ustidan qozongan g‘alabasi bugun nafaqat ochko jihatidan, balki psixologik va ruhiy jihatdan ham muhim ahamiyatga ega bo‘ldi. JCH–2026 oldidan shunday ishonchli o‘yinlar bizni katta maqsadlarga boshlab boradi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar