
Angliya Premer-ligasining yetakchi klublaridan biri — Londonning «Arsenal» jamoasi Ispaniyaning «Real Madrid» klubida to‘p surayotgan braziliyalik vinger Rodrigo Goesni o‘z safiga qo‘shib olishga katta qiziqish bildirmoqda. Bu haqda ishonchli manbalardan biri — "The Athletic" nashri xabar tarqatdi.
Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, «Arsenal» bosh murabbiyi Mikel Arteta Rodrigoni shaxsan kuzatib borgan hamda uni jamoa uchun strategik ahamiyatga ega bo‘lgan transfer sifatida baholagan. Arteta Rodrigoni «Arsenal» hujumi, xususan, chap qanot uchun yetishmayotgan «kalit figura» sifatida ko‘rmoqda. Unga ko‘ra, braziliyalik yulduz yangi mavsumda «kanonirlar» hujumini yangi bosqichga olib chiqish salohiyatiga ega.
Ta’kidlanishicha, «Real Madrid» klubi Rodrigoni sotish ehtimolini ko‘rib chiqmoqda, ammo uning narxini kam baholamaydi — madridliklar 23 yoshli futbolchi uchun 100 million yevro talab qilmoqda.
Rodrigo joriy mavsumda «Real» safida jami 50 ta uchrashuvda ishtirok etdi, bu o‘yinlarda 13 ta gol urdi va 10 marta assistentlik qildi. Uning shartnomasi 2028-yilgacha amal qiladi va Transfermarkt ma’lumotiga ko‘ra, uning bozordagi taxminiy narxi 90 million yevroni tashkil etadi.
Bu holatda «Arsenal»ning asosiy vazifasi — «Real»ni muzokaralar stoliga olib kelish va Rodrigoni yangi loyihaga ishontirish bo‘lib qolmoqda. Agar transfer amalga oshsa, «kanonirlar» safida yana bir yuqori darajali yulduz paydo bo‘lishi mumkin.
Muxlislar va futbol mutaxassislari ushbu ehtimoliy transferning Yevropa futbolida katta shov-shuvlarga sabab bo‘lishi mumkinligini ta’kidlashmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar