
Londonning “Chelsi” klubi shu yozda darvozaboni Djordje Petrovichni “Galatasaray” klubiga sotishi mumkin, deb euro-football.ru xabar bermoqda.
Eslatib o‘tamiz, serbiyalik darvozabon o‘tgan mavsumni Fransiyaning “Strasbourg” jamoasida ijarada o‘tkazgan edi.
Jurnalist Simon Phillips ma’lumotiga ko‘ra, “Galatasaray” Petrovichni Fernando Muslera o‘rniga taklif qilmoqchi. Turkiya klubi uni sotib olish huquqi bilan ijaraga olmoqchi.
Avvalroq Petrovich “Chelsi”dan o‘zini Klub Jahon chempionatiga ro‘yxatga kiritmaslikni so‘ragan, chunki klub unga asosiy tarkibda muntazam o‘yin kafolatini bermagan. Shu sababli u jamoani tark etishga qaror qilgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar