date
views 803

Shota Arveladzeden O‘zbekistonga samimiy JCH tabrigi yo‘llandi

Shota Arveladzeden O‘zbekistonga samimiy JCH tabrigi yo‘llandi
Gruziya futbolining afsonalaridan biri, “Paxtakor” jamoasining sobiq bosh murabbiyi Shota Arveladze O‘zbekiston milliy terma jamoasini Jahon chempionatiga chiqqani munosabati bilan samimiy tabrik yo‘lladi.

O‘z vaqtida to‘rt yil mobaynida O‘zbekistonda faoliyat olib borgan Arveladze yurtimizda qolgan xotiralar va shaxsiy aloqalarni unutmaganini yana bir bor namoyon etdi. U terma jamoaning tarixiy yutug‘i — ilk bor mundialga yo‘llanmani qo‘lga kiritganini katta hayajon va quvonch bilan qarshi olganini ta’kidladi.

“Tarixda birinchi marta Jahon chempionati yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan O‘zbekiston terma jamoasini chin qalbimdan tabriklayman! Men to‘rt yil faoliyat yuritgan, mehnat qilgan va do‘stlar orttirgan mamlakat shunday ulkan muvaffaqiyatga erishganidan juda xursandman. Birgalikda ishlagan sobiq futbolchilarim, ularning yutuqlari meni faxrlantirmoqda,” — deydi mashhur murabbiy o‘z tabrigida.

Shuningdek, Arveladze milliy terma jamoa murabbiyi, futbol faxriylari, xodimlar va O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi rahbariyatini ham alohida tabrikladi. U bu g‘alabani nafaqat sport sohasidagi yutuq, balki yurt sharafini dunyo arenalarida namoyon etadigan muhim qadam sifatida baholadi.

Shota Arveladzening bunday tabrigi nafaqat sport jamoatchiligi, balki O‘zbekiston futbol muxlislari uchun ham katta ahamiyatga ega. Uning mehri va samimiy munosabati mamlakatimizda futbolning taraqqiyotiga qo‘shgan hissasini yana bir bor namoyon etmoqda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Shota Arveladzeden O‘zbekistonga samimiy JCH tabrigi yo‘llandi