
Osiyo futbol konfederatsiyasi (OFK) 2026 yilgi Jahon chempionati saralashining muhim bosqichlaridan biri – pley-off bosqichining mezbonlarini rasman e’lon qildi. Unga ko‘ra, Qatar futbol uyushmasi va Saudiya Arabistoni futbol federatsiyasi ushbu markazlashtirilgan turnirga mezbonlik qiladi.
Mazkur bosqichda JCH 3-saralash bosqichida 3 va 4-o‘rinlarni egallagan quyidagi olti jamoa ishtirok etadi:
- Indoneziya
- Iroq
- O‘mon
- Qatar
- Saudiya Arabistoni
- Birlashgan Arab Amirliklari
Ular 2025 yil 8–14 oktyabr kunlari davomida ikki guruhga ajratilib, guruh ichidagi o‘yinlarda o‘zaro bellashadi. Har bir guruhda 3 tadan terma jamoa joy oladi. Guruhda 1-o‘rinni egallagan jamoalar to‘g‘ridan to‘g‘ri 2026 yilgi Jahon chempionatiga yo‘llanma oladi.
Bu bilan pley-offning asosiy maqsadi – Osiyodan mundialga yo‘l olmoqchi bo‘lgan jamoalar uchun so‘nggi imkoniyatni taqdim etishdir. Qolgan ikki guruhdagi 2-o‘rin egalari esa qo‘shimcha imkoniyatni qo‘lga kiritish uchun yana bir imtihondan o‘tishadi. Ular 2025 yil 13 va 18 noyabr kunlari ikki o‘yindan iborat bo‘lgan o‘zaro bellashuvda ishtirok etadi. Undagi g‘olib keyinchalik FIFAning interkontinental pley-offida kurash olib boradi.
Ta’kidlash joizki, rasmiy qur’a tashlash marosimi 2025 yil 17 iyul kuni tashkil etilishi rejalashtirilgan. Unda qaysi jamoa qaysi guruhga tushishi va o‘yinlar jadvali aniqlanadi.
Shuningdek, muxlislarimiz uchun eslatma sifatida qayd etamiz: O‘zbekiston milliy terma jamoasi o‘z guruhidagi o‘yinlarni muvaffaqiyatli yakunlab, 5 iyun kuni BAA bilan 0:0 hisobidagi durang natijasidan so‘ng muddatidan oldin mundialga yo‘llanma olgan edi.
Shu tariqa, 2026 yilgi Jahon chempionatiga olib boruvchi yo‘lda Osiyodagi kurash yanada qizg‘in tus olmoqda. Har bir jamoa uchun bu so‘nggi shans va o‘ziga xos imtihon hisoblanadi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar