
Ayni paytda AQSHning Florida shtatida o‘tkazilayotgan "Dirty Boxing 2" turnirida o‘zbekistonlik mahoratli jangchi Saidyoqub Qahramonov navbatdagi muxim sinovdan munosib o‘tdi. U mezbonlar vakili, tajribali sportchi Aleks Kaseresga qarshi oktagonga chiqdi.
Uch raunddan iborat keskin to‘qnashuvda har ikki jangchi ham shijoat va chidamni namoyon etdi. Uchinchi raundning o‘rtalarida Qahramonovning texnik va strategik ustunligi yaqqol ko‘zga tashlandi. Raqibning yuzida aniq zarbalar natijasida jiddiy shikastlar paydo bo‘ldi. Shunga qaramay, Kaseres jangni to‘xtatishni istamadi va oxirigacha kurash olib bordi.
Bahs yakunlangach, hakamlar yakdil qaror bilan g‘alabani Saidyoqub Qahramonovga topshirishdi. Bu g‘alaba nafaqat uning jismoniy tayyorgarligi, balki mental baquvvatligini ham isbotladi.
Ma’lumot o‘rnida, Qahramonov avvalroq UFC'da ham o‘zini sinovdan o‘tkazgan. U jahon arenasida yuzlab muxlislar e’tirofiga sazovor bo‘lgan o‘zbekistonlik jangchilardan biri hisoblanadi. Bu safargi g‘alaba esa uning yanada yuqori pog‘onalarga ko‘tarilishida muhim bosqich bo‘lib xizmat qilishi mumkin.
Hozirda Saidyoqub AQSHda faol mashg‘ulotlar olib bormoqda va kelajakda yanada nufuzli turnirlarda ishtirok etishi kutilayapti. Uning bugungi muvaffaqiyati yurtimiz aralash jang san’ati tarixida yana bir yorqin sahifani ochdi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar