
Angliya futbolidagi so‘nggi xabarlar jamoatchilikni hayratda qoldirishi mumkin. “Manchester Siti”ning yuqori maoshli va e’tibor markazida bo‘lgan futbolchilaridan biri — Jek Grilish yaqinda klubni tark etishi mumkin. Bu haqda Fichajes nashri ishonchli manbalarga tayanib xabar berdi.
Eslatib o‘tamiz, Grilish 2021 yilda “Aston Villa”dan “Siti”ga ko‘chib o‘tgan edi. Uning transferi 117,5 million yevroni tashkil qilgan va bu angliyalik futbolchi uchun rekord darajadagi summa edi. “Siti” undan katta umid qilgan, Xosep Gvardiola esa uni hujum markazida yetakchi rolga tayinlagan edi.
Biroq vaqt o‘tishi bilan vaziyat kutilgandek kechmadi. Grilish o‘zining “Aston Villa”dagi portlovchi formasini “Siti”da to‘liq namoyon qila olmadi. Muxlislar va mutaxassislar uning passiv o‘yini, maydondagi nota’sirli harakatlarini ko‘p bor tanqid qilishdi. Bu esa, murabbiy Gvardiolaning ishonchini susaytirdi.
Ayni paytda, “Manchester Siti” klubida Grilishga nisbatan munosabat o‘zgargan. Xabarlarga qaraganda, Gvardiola unga jamoadagi kelajagi yo‘qligini aytgan va boshqa jamoa topishni tavsiya qilgan. Bu holat futbolchining o‘ziga ham ma’lum qilingan.
Grilishning ketishi ehtimollari ortib borgan sari, unga qiziquvchi klublar soni ham orta boshladi. Ular orasida eng jiddiylaridan biri – “Everton”. Mersisayd klubi uni o‘z safida ko‘rishni juda istamoqda va futbolchiga markaziy o‘rin va’da qilmoqda. Ular ishonadiki, Grilishning tajribasi va texnikasi jamoaga yangi nafas olib kiradi, ayniqsa, hujumdagi samaradorlikni oshirishda muhim rol o‘ynaydi.
Manbalarga ko‘ra, “Everton” va Grilish o‘rtasida muzokaralar allaqachon boshlangan va hozircha ijobiy ruhda kechayotgani ma’lum. Eng muhim jihat — futbolchining o‘zi ham yangi muhitga o‘tishga qarshi emas. Ung bir vaqtlar o‘zini butun Angliyaga tanitgan formaga qaytish uchun doimiy o‘yin amaliyoti kerak.
Shuningdek, “Everton”ning loyihasi – klubni yana Yevropa musobaqalariga qaytarish va raqobatbardoshligini tiklash – Grilish uchun qiziquvchan loyiha bo‘lishi mumkin.
Futbol olamida transferlar kutilmagan burilishlarga boy. Grilishning “Manchester Siti”dan ketishi nafaqat uning shaxsiy faoliyati, balki APLdagi jamoaviy muvozanatni ham o‘zgartirishi mumkin. Bu transfer haqiqatan ham amalga oshsa, “Everton” so‘nggi yillardagi eng katta yutug‘iga erishadi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar