
Yevropa futbol bozorida qiziqarli transfer ssenariylaridan biri Italiyaning “Napoli” klubi va Angliya termasi yarim himoyachisi Jek Grilish o‘rtasida shakllanmoqda. The Telegraph nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, “adzurrillar” 29 yoshli mahoratli futbolchini o‘z safida ko‘rishni istamoqda. Ammo bu reja murakkab moliyaviy to‘siqlarga duch kelmoqda.
Ma’lumotlarga qaraganda, “Napoli” Grilishning transferiga jiddiy qiziqish bildirgan, lekin futbolchining “Manchester Siti”dagi juda yuqori maoshi – haftasiga taxminan 300 ming funt — bu muzokaralarda asosiy to‘siq sifatida turibdi. Italiya klubi bu miqdorni to‘liq qoplash imkoniga ega emas.
Shu sababli, ehtimoliy bitim ijara asosida amalga oshirilishi mumkin. Agar kelishuv amalga oshsa, “Siti” klubi Grilishning maoshining kamida 50 foizini o‘z zimmasiga olishi talab etiladi. Bu esa transferni amaliylashtirish uchun muzokaralarni yanada murakkablashtirishi mumkin.
Avvalroq, “Manchester Siti” rahbariyati Grilishni 50 million funtga baholagan. Hozircha bu futbolchi uchun rasmiy takliflar kelib tushmagan. Bu holat “shaharliklar”ning sotish rejalarini qayta ko‘rib chiqishiga sabab bo‘lishi mumkin.
Jek Grilish 2021 yilda “Aston Villa”dan “Manchester Siti”ga juda katta mablag‘ evaziga kelgan va uning transferi shu paytgacha Angliya futbolidagi eng qimmat bitimlardan biri hisoblanadi. Bir necha mavsum davomida u Gvardiolaning turli taktik sxemalarida faol harakat qilgan bo‘lsa-da, so‘nggi paytlarda asosiy tarkibdagi o‘rnini yo‘qota boshlagan.
Agar “Napoli” va “Siti” o‘rtasida muvozanatli kelishuvga erishilsa, bu transfer har ikki tomon uchun ham foydali bo‘lishi mumkin. Neapolliklar yangi yetakchiga ega bo‘lishadi, “Siti” esa o‘yinchi yukidan yengillashadi.
Futbol muxlislari esa endi Grilishning kelajagi Italiyadami yoki Angliyada qolishimi, degan savolga javob kutishmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar