date

Bahodir Jalolov Nyu-Yorkda yangi sinovga tayyorlanmoqda

Bahodir Jalolov Nyu-Yorkda yangi sinovga tayyorlanmoqda
O‘zbekistonning mashhur va yetakchi bokschilaridan biri — super og‘ir vazn toifasida ringga chiquvchi Bahodir Jalolovning navbatdagi jang sanasi rasman e’lon qilindi. Ushbu jang 26 iyul kuni Amerika Qo‘shma Shtatlarining eng mashhur arenalari qatoriga kiradigan — Nyu-Yorkdagi Madison Square Garden sahnasida bo‘lib o‘tadi. Mazkur jangni dunyoga mashhur Top Rank promouterlik kompaniyasi tashkil etmoqda.

Bu galgi jangda Jalolovga italiyalik tajribali sportchi — 36 yoshli Janmarko Kardilo raqiblik qiladi. Bellashuv 10 raunddan iborat bo‘lib, har ikki bokschi uchun muhim sinov vazifasini o‘taydi. Janmarko Kardilo o‘zining barcha janglarini Italiya hududida o‘tkazgan. U 15 bor professional ringga chiqib, 12 ta jangda g‘alaba qozongan, 2 marta durang qayd etgan va faqat bitta bellashuvda mag‘lub bo‘lgan.

Bahodir Jalolov esa hozirgacha professional boksda 15 marta ringga chiqib, 14 ta raqibini nokautga uchratgan. Faqat bir jangda g‘alabani ochkolar hisobida qo‘lga kiritgan. Uning oxirgi janglari yuqori darajadagi texnik va jismoniy tayyorgarlik bilan o‘tmoqda. Xususan, so‘nggi marta u 5 aprel kuni Ostona shahrida ukrainalik Igor Shevadzutskiyga qarshi jang o‘tkazib, hakamlarning bir ovozdan chiqargan qarorga asosan g‘alaba qozongan edi.

Bu safargi jang nafaqat Jalolovning jahon ro‘yxatlaridagi pozitsiyasini mustahkamlaydi, balki unga chempionlik jangi uchun yana bir qadam yaqinlashish imkonini yaratadi. Milliy sport muxlislari va xalqaro boks jamoatchiligi ushbu jangni katta qiziqish bilan kutmoqda.

26 iyul kuni Nyu-York — o‘zbek boksining yana bir shansli kechasiga guvoh bo‘lishi mumkin.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Bahodir Jalolov Nyu-Yorkda yangi sinovga tayyorlanmoqda