date

Turkiya grandi Shomurodovdan keyin yana bir o‘zbekistonlik yulduzni nishonga oldi

Turkiya grandi Shomurodovdan keyin yana bir o‘zbekistonlik yulduzni nishonga oldi
Turkiya chempionatida o‘zbek futbolchilarining soni yana bittaga ko‘payishi mumkin. "Istanbul Bashakshehir" klubi endi Moskvaning SSKA jamoasida faoliyat yuritayotgan hamda O‘zbekiston milliy terma jamoasining yorqin yulduzi hisoblangan Abbosbek Fayzullayev uchun rasmiy taklif jo‘natgani haqida xabarlar paydo bo‘ldi.

Mashhur turk jurnalisti Ertan Syuzgyun o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida ushbu xabarni tasdiqladi. Ammo hozircha turk klubi qancha mablag‘ taklif qilgani haqida aniq ma’lumot berilmagan. Aytish joizki, shu kunning o‘zida "Istanbul Bashakshehir" boshqa bir o‘zbekistonlik yulduz Eldor Shomurodov transferi bo‘yicha ham muzokara olib borayotgani ma’lum bo‘lgan edi. Bu xabarni turk futboli bo‘yicha insayder Yag‘iz Sabunchuog‘lu o‘zining ijtimoiy tarmog‘i orqali tarqatgandi.

Abbosbek Fayzullayevning SSKA bilan shartnomasi 2026 yilning yozigacha amal qiladi. O‘tgan mavsum 21 yoshli vinger jamoasi safida umumiy hisobda 39 ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 3 ta gol va jamoadoshlariga 8 ta golli pas yozib qo‘ygan edi. Futbolchining hozirgi transfer bahosi Transfermarkt portali tomonidan 8 million yevro atrofida baholanmoqda.

Ayni paytda Fayzullayevga Yevropa top-chempionatlari klublaridan ham qiziqishlar mavjud. Xususan, Angliya Premer-ligasining "Vulverxempton" jamoasi bosh murabbiyi yangi mavsum oldidan o‘z rejalariga o‘zbekistonlik yosh yulduzni ham kiritgani haqida ma’lumotlar tarqalgan. Bu haqda saytimiz orqali ma’lumot bergan edik.

Agar ushbu transfer amalga oshsa, "Istanbul Bashakshehir" o‘zbek yulduzlaridan iborat kuchli duetga ega bo‘ladi va Turkiya chempionatidagi o‘zbek futbolchilari soni yana bittaga ko‘payishiga sabab bo‘ladi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Turkiya grandi Shomurodovdan keyin yana bir o‘zbekistonlik yulduzni nishonga oldi