
Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Superligasining 13-turidan o‘rin olgan uchrashuv 19 iyun, payshanba kuni bo‘lib o‘tdi.
Bugungi kunga ikkita uchrashuv belgilangan edi. Ulardan biri Jizzaxda – “So‘g‘diyona” – “Xorazm” jamoalari o‘rtasida kechdi.
Uchrashuv qizg‘in o‘tdi, har ikki jamoada ham vaziyatlar ko‘p bo‘ldi. 83-daqiqaga kelib hisob ochildi. Lyupcho Doriyevning goli uchrashuvda yagonaligini saqlab qoldi va jizzixliklar 3 ochkoni qo‘lga kiritdi.
“So‘g‘diyona” — “Xorazm” 1:0
Gol: 1:0 – 83, Lyupcho Doriyev.
Kunning yana bir bahsi esa “Andijon” – “Qizilqum” jamoalari o‘rtasida kechdi.
O‘yinning 6-daqiqasidayoq hisob ochildi. Navoiyliklar vakili Farhod Bekmurodov gol urdi. Ikkinchi bo‘limda esa maydon egalari ko‘plab vaziyatlar yaratdi. 78-daqiqaga kelib bu o‘z samarasini berdi va Shohjaxon Yorqinboyev gol urib, hisobni tenglashtirdi.
Uchrashuvda boshqa gol urilmadi va har ikki jamoa bir ochkoga ega bo‘ldi.
“Andijon” — “Qizilqum” 1:1
Gollar: 0:1 – 6, Farhod Bekmurodov, 1:1 – 78, Shohjaxon Yorqinboyev.
Bugungi uchrashuvlardan so‘ng turnir jadvali quyidagicha:

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar