
Klublar o‘rtasidagi Jahon chempionatining 2-tur uchrashuvlari 19 iyun kuni o‘tkazildi.
“A” guruhidan o‘rin olgan uchrashuvda Braziliyaning “Palmeyras” jamoasi Misrning “Al-Ahli”siga qarshi bahs o‘tkazdi. O‘yindagi barcha gollar ikkinchi bo‘limda urildi.
Jumladan, Vissam Abu Ali o‘z darvozasiga to‘p kiritib qo‘ygan bo‘lsa, yana bir gol Flako Lopes tomonidan urildi.
Shunday qilib, ushbu g‘alabadan so‘ng Braziliya jamoasi “A” guruhida 2-turdan so‘ng 4 ochko bilan peshqadam bo‘lib turibdi.
“Palmeyras” — “Al-Ahli” 2:0
Gollar: 1:0 — Vissam Abu Ali (49, avtogol), 2:0 — Flako Lopes (59). “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar