
“Manchester Siti” klubi o‘zbekistonlik himoyachi Abduqodir Husanovni Fransiyaning “Lion” jamoasiga bepul ijaraga berish taklifini rad etdi. L’Équipe nashrining xabariga koʻra, bu taklif “Lion” jamoasining yarim himoyachisi Rayan Sherkin transferi doirasida ilgari surilgan. Dastlabki kelishuvga koʻra, fransuz klubi oʻz bitimiga muvofiq “Siti” futbolchilaridan birini vaqtinchalik oʻz safida koʻrmoqchi edi, tanlov Husanovga tushgan. Ammo “Manchester Siti” bepul ijara variantini qat’iyan rad etdi.
Bu qaror klubning oʻyinchi ustidan nazoratni saqlab qolish niyatini koʻrsatadi. Shuningdek, Husanov jamoa uchun oddiy transfer obyekti emas, balki kelajagi yorqin, istiqbolli aktiv sifatida koʻrilmoqda. Ushbu holat, shuningdek, oʻzbek futbolchilarining Yevropadagi obro‘sining oshib borayotganidan dalolat beradi. Qoʻshimcha: Husanov qishda Fransiyaning “Lans” jamoasidan “Manchester Siti”ga koʻchgan va hozirda klub bilan Klublar Jahon Chempionatida ishtirok etmoqda. “Lion” klubi unga qiziqishi yuqori salohiyatini e’tirof etadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar