
Klublar o‘rtasidagi jahon chempionati doirasida “Real Madrid” jamoasi o‘z tarixidagi muhim bosqichlardan birini o‘tdi. Jamoaning yangi bosh murabbiyi Xabi Alonso chempionatdagi 2-uchrashuvda Meksikaning “Pachuka” klubi ustidan qimmatli g‘alabani qo‘lga kiritdi. 3:1 hisobida yakunlangan bahsni madridliklar deyarli butun o‘yinni bir futbolchi kamlikda o‘tkazishga majbur bo‘lishsa-da, iroda va aql bilan yakunlashga muvaffaq bo‘ldi.
Uchrashuvda madridliklar uchun yengil sharoit bo‘lmadi. Dastlabki daqiqalardanoq “Real” faol harakat qilib, raqib darvozasini egallashga intila boshladi. Biroq, jamoa a’zolaridan biri qizil kartochka olib, maydonni tark etganidan so‘ng, taktik vaziyat butunlay o‘zgardi. Bu voqea murabbiy Xabi Alonsoni tezkor qaror qabul qilishga, jamoa harakatlarini qayta yo‘naltirishga majbur qildi.
— “Juda muhim g‘alaba. Bu natijani qadrlaymiz, chunki u qiyin sharoitda qo‘lga kiritildi. Deyarli butun o‘yinni bir kishi kam o‘tkazdik — bu oson emas. Ammo jamoa juda aql bilan o‘ynadi, bundan mamnunman”, — deya o‘z his-tuyg‘ularini bayon etdi Xabi Alonso.
Murabbiy fikricha, qizil kartochka futbolchilar uchun yaxshi saboq bo‘lishi lozim. “Bunday vaziyatlar dars bo‘lishi kerak. Yaxshisi — birinchi bo‘lib gol o‘tkazgan ma’qul, lekin butun o‘yinni o‘n kishi bilan o‘tkazmaslik kerak”, — dedi mutaxassis.
Shuningdek, jamoa a’zolari bilan suhbat o‘tkazilishini ham qayd etdi. Xususan, Raul Asensio bilan alohida gaplashishini bildirdi.
Shu bilan birga, “Real Madrid” futbolchilari hatto kamchilikda ham aql va intizom bilan harakat qilishdi, jamoa o‘yinidagi birdamlik va qat’iyat natijani ta’minladi. Bu g‘alaba madridliklar uchun pley-off bosqichiga ishonch bilan kirish imkonini oshirdi.
Albatta, Klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida bunday irodali va aqlli g‘alabalar jamoaning yangi mavsumga qay darajada tayyor ekanini namoyon etadi. Xabi Alonso rahbarligidagi “Real Madrid” futbolchilari yanada yuksak marralarni ko‘zlamoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar