FIFA Abduqodir Husanovni debyuti bilan tabrikladi

FIFA Abduqodir Husanovni debyuti bilan tabrikladi
FIFA «Manchester Siti» va O‘zbekiston milliy terma jamoasi himoyachisi Abduqodir Husanovni klublar o‘rtasidagi Jahon chempionatidagi debyuti bilan tabrikladi, deb uz.kursiv.media xabar berdi. Federatsiya bu tabrikni o‘zining Instagram sahifasida e’lon qilgan.

Tabrikda o‘zbekistonlik futbolchi tarix yozishda davom etayotgani ta’kidlangan.
FIFA Abduqodir Husanovni debyuti bilan tabrikladi
Ma’lumot o‘rnida, klublar o‘rtasidagi Jahon chempionati «G» guruhidan o‘rin olgan 2-tur «Manchester Siti» – «Al-Ayn» jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvda nominal mezbonlar g‘alaba qozondi. Abduqodir Husanov ushbu uchrashuvni asosiy tarkibda boshlagan.

O‘yinning 58-daqiqasida raqibga nisbatan qo‘pollik uchun Husanovga sariq kartochka ko‘rsatildi va 62-daqiqada u Oskar Bobb bilan almashtirildi.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar