
Abduqodir Husanov «Manchester Siti» safida uch oydan so‘ng ilk bor maydonga tushdi, deb youtube.com kanali «Дневник футбола» xabar berdi. Uning kechagi o‘yindagi harakatlari video orqali tahlil qilindi.
Video tahlilda Husanovning o‘yin davomidagi harakatlari, to‘p bilan munosabati, himoyadagi faolligi va maydondagi pozitsiyasiga alohida e’tibor qaratilgan.
Futbolchi o‘yinni asosiy tarkibda boshlab, raqibga qarshi bir nechta muvaffaqiyatli to‘p tortib olish va paslar bilan ajralib turgan. Shuningdek, 58-daqiqada sariq kartochka olgani va 61-daqiqada almashtirilgani ham qayd etilgan.
Tomoshabinlar va tahlilchilar uning qaytishini ijobiy baholagan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar