
Ispaniya chempionatining 14-turidan o‘rin olgan “Barselona” va “Real” klublari o‘rtasidagi bahs bir daqiqalik sukut bilan boshlanadi.
SkySports nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, “el-klasiko”da Kolumbiyadagi aviahalokat qurbonlari xotirlanadi.
29 noyabr kuni Medelin yaqinida bo‘lgan halokatda 71 kishi halok bo‘lgan. Ular orasida “Shapekoense” jamoasi futbolchilari, murabbiylar va klub vakillari ham bo‘lgan.
Eslatib o‘tamiz, “Barselona” – “Real” bahsi 3 dekabr kuni “Kamp Nou”da bo‘lib o‘tadi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar