"Barselona" klubi sobiq prezidenti Joan Laporta, Madridning "Real" jamoasi hujumchisi Krishtiano Ronaldu kataloniyaliklar klubida o‘ynashi mumkin edi, deya ma’lumot bermoqda. 2003 yilda Jorje Mendesh "Barselona"ga portugaliyalik o‘yinchini sotib olishni taklif etgan.
"Biz o‘sha paytlari jamoani qayta qurayotgandik. Men Portugaliyada edim va o‘sha damda uning agenti (Jorje Mendesh) bilan uchrashdim, u bilan Deku borasida kelishish maqsadida uchrashgan edik. U vaqtga kelib biz Ronaldino, Rafael Markes va Rikardo Kuarejma kabi futbolchilarni jalb qilishga ulgurgandik, shuning uchun ham ko‘p pul sarflashga imkonimiz yo‘q edi.
Mendesh o‘zida yaxshi futbolchi borligini aytdi. Gap Ronaldu haqida borayotgan edi. Unda "Manchester Yunayted"ga o‘tish uchun 19 mln evrolik kelishuv bor edi, biz esa unga 17 mln taklif qila olardik, holos" – deya Laporta so‘zlarini keltirmoqda Marca nashri. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi
BAAda isroillik ravvin o‘ldirib ketildi
Rossiya armiyasining «Janub» qo‘shinlar guruhi qo‘mondoni lavozimidan chetlatildi
Tayvanning sobiq prezidenti Ukraina borasida kutilmagan bayonot berdi
Isroilning Iordaniyadagi elchixonasi yonida otishma yuz berdi
Raqamli dalillarni sudga taqdim etish tartibi tasdiqlandi
Shahram G‘iyosovning Eymantas Stanionisga qarshi jangi sanasi ma’lum bo‘ldi