Superliga. "Xorazm" - "Andijon" uchrashuvida kiritilgan gollar (video)

Superliga. "Xorazm" - "Andijon" uchrashuvida kiritilgan gollar (video)
Qisqacha

Superliganing 14-turida "Andijon" safarda "Xorazm"ni 3:2 hisobida mag'lub etdi. Doniyor Abdumannopov 11-daqiqada mehmonlarni oldinga olib chiqdi, Vladimir Bubanya esa 27-daqiqada hisobni tenglashtirdi. Valijon Rahimovning avtogolidan so'ng Islombek Mamatkazin 80-daqiqada va Bektemir Abdumannonov 88-daqiqada "Andijon"ga g'alabani ta'minlagan gollarni urdi.

Superliganing 14-turini boshlab bergan "Xorazm" - "Andijon" bellashuvi yakuniga yetdi. Jangovar tarzda kechgan bahsda vodiyliklarning qo‘li baland keldi - 2:3.

Dastlab 11-daqiqada Doniyor Abdumannopov mehmonlarni hisobda oldinga olib chiqdi. 27-daqiqaga kelib esa Vladimir Bubanya sobiq jamoasi darvozasini ishg‘ol etdi - 1:1.

Ikkinchi bo‘limning 53-daqiqasiga kelib esa Valijon Rahimov avtogol muallifi bo‘ldi. Bahsning so‘nggi 10 daqiqasida esa "Andijon" futbolchilari 2 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi. Ushbu gollarga Islombek Mamatkazin (80) va Bektemir Abdumannonovlar (88) mualliflik qildi.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar