date

Osiyo Kubogi. O‘zbekiston ayollar terma jamoasi Shri-Lankani 10:0 hisobida yengdi

Osiyo Kubogi. O‘zbekiston ayollar terma jamoasi Shri-Lankani 10:0 hisobida yengdi
2026 yilgi ayollar Osiyo kubogi saralash bosqichidan o‘rin olgan O‘zbekiston - Shri-Linka o‘rtasidagi bellashuv o‘z nihoyasiga yetdi. Mazkur to‘qnashuvda O‘zbekiston ayollar terma jamoasi raqibiga naqd 10 ta gol urib, o‘z darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi.

Nilufar Qudratova (2, 3, 52, 73) pokerni rasmiylashtirgan bo‘lsa, Diyoraxon Habibullayeva 3 ta gol urib, xet-trik muallifi bo‘ldi (31, 87, 88). Shuningdek, Lyudmila Karachik ham 18 va 19-daqiqalarda gollar urdi. Bundan tashqari, Maftuna Shoyimova 68-daqiqada o‘z nomini tabloga yozdirib qo‘ydi.

2026-yilgi ayollar Osiyo kubogi "F" guruhi saralash uchrashuvi

O‘zbekiston - Shri-Lanka 10:0
Gollar
: Nilufar Qudratova 2', 3', 52', 72', Lyudmila Karachik 17', 19', Diyoraxon Xabibullayeva 30', 86', 87', Maftuna Shoyimova 68',

O‘zbekiston: 1. Maftuna Jonimqulova 20. Kamila Zaripova, 21. Leyla Oraniyazova, 7. Nilufar Qudratova, 9. Feruza Turdiboyeva 11. Maftuna Shoyimova, 15. Umida Zoirova, 16. Zarina Mamatkarimova, 19. Nozimaxon Ergasheva 10. Diyoraxon Xabibullayeva, 17. Lyudmila Karachik.

Zaxiradagilar: 12. Kumushoy G‘ulomova, 13. Zarina Saidova, 2. Madina Hikmatova, 3. Laylo Tilovova, 4. Shodiya Tosheva, 6. Holida Dadaboyeva, 22. Sevinch Qo‘chqorova, 5. Ruhshona O‘sarova, 8. Ilvina Ablyakimova, 18. Dilnura Mamatqulova, 23. Asalxon Aminjonova, 14. Omina Valixanova.

Shri-Lanka: 1. Sakura Gammachige, 21. Madubashini Kospalavatage, 19. Selvaray Yuravani, 4. Devamuni de Silva, 2. Godavalage Kumudini, 11. Vadduvage Dias, 8. Mahamage Achala, 18. Tarmika Sivanesvaran, 17. Imesha Kankankamalage, 12. Txise Appuhimalage, 7. Pravina Kostvatxage.

Zaxiradagilar: 22. Rajakurana Virasingxe, 23. Ashani Panikkiyalage 20. Dilinika Arachchilage, 16. Rajapaksha Axinsa, 13. Rankot Gunavardana, 5. Mampiti Arachchilage, 10. Jayakodi Arachchilage, 9. Shanu Paskaran, 3. Talupe Angela, 15. Gulavitage Sevmini, 14. Govri Surentiran, 6. Maxagamage Viranga.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Osiyo Kubogi. O‘zbekiston ayollar terma jamoasi Shri-Lankani 10:0 hisobida yengdi