date

"Barselona"da yana pul masalasi – Fermin Lopes uchun sotuv eshigi ochildi

"Barselona"da yana pul masalasi – Fermin Lopes uchun sotuv eshigi ochildi
Kataloniyadagi katta o‘zgarishlar yaqinmi? "Barselona" klubi yangi mavsum arafasida bir qancha futbolchilar taqdiri yuzasidan jiddiy qarorlar qabul qilish arafasida turibdi. Ular orasida yosh va iqtidorli yarim himoyachi Fermin Lopes ham bor.

Ispaniyaning Sport nashri yozishicha, klub rahbariyati futbolchining kelajagiga oid pozitsiyasini yumshatgan. Ilgari sotuv haqida hatto gap ham bo‘lmagan bo‘lsa, hozirda yaxshi taklif bo‘lsa, "ko‘k-anorranglilar" uni ko‘rib chiqishga tayyorligini bildirishgan. Bu esa Lopesning "Barsa" safida qolishiga kafolat yo‘qligini anglatadi, deb xabar berdi sport.es.

Farmon shuki, klub bosh murabbiyi Xans-Diter Flik Fermin Lopesni yuqori baholaydi. Nemis mutaxassisi uni kelasi mavsum uchun muhim futbolchi deb hisoblaydi va unga katta ishonch bildiradi. Biroq, moliyaviy jihatlar ko‘p narsani hal qiladigan bugungi kunda, hatto Flik ham o‘z rejalarini qayta ko‘rib chiqishga majbur bo‘lishi mumkin.

Klub moliyaviy jihatdan ancha og‘ir holatda ekani inobatga olinsa, ma’lum bir darajada qurbonlik qilish zarurati paydo bo‘lgan. Fermin Lopes ham ana shunday ehtimoliy qurbonlardan biri sifatida qarala boshlangan.

Qayd etish joiz, 22 yoshli ispaniyalik futbolchini Yevropa grandlari, xususan, “Liverpul” va “Bavariya” juda yaqindan kuzatib bormoqda. Uning Transfermarkt'dagi bahosi hozirda 50 million yevroni tashkil qilmoqda. Agar shu atrofdagi taklif kelib tushsa, “Barselona” o‘ylab o‘tirmasligi mumkin.

Fermin Lopes o‘tgan mavsum davomida ko‘rsatgan o‘yini orqali ko‘plab ishqibozlar va mutaxassislarning e’tiborini tortdi. U texnik mahorati, harakatchanligi va maydondagi xulq-atvori sababli katta kelajak kutayotgan futbolchilar safidan joy oldi.

Fikrlar turlicha: ba’zilar uning klubda qolishini xohlasa, boshqalar moliyaviy barqarorlikni birinchi o‘ringa qo‘ymoqda. Har holda, "Kamp Nou" atrofidagi vaziyat kuzda yana ko‘p muhokamalarga sabab bo‘lishi aniq. "Barsa" qiyin qarorlar arafasida turibdi — ehtimol, yosh yulduzlardan birini qurbon qilishga to‘g‘ri keladi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » "Barselona"da yana pul masalasi – Fermin Lopes uchun sotuv eshigi ochildi